О‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASI

 

OʻZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASI HUZURIDAGI BADIIY TAʼLIM YOʻNALISHLARIDA PEDAGOG VA MUTAXASSIS KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH HAMDA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH

MARKAZI

 

 

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazining malaka oshirish kursi tinglovchilariga

 E S L A T M A

 

 

Ixtisoslashtirilgan san’at maktab va maktab internatlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablarining pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi

Pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorlini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 1-dekabrdagi 957-son, “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 21-iyundagi 385-son qarorlari, shuningdek, Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablari hamda Markaz Ustavi asosida tashkil etiladi.

Pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlari quyidagilarni о‘z ichiga oladi:

muqobil malaka oshirish;

ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida bevosita о‘qish.

Muqobil malaka oshirish shakllari quyidagilarni о‘z ichiga oladi:

t/r

Muqobil shakl nomi

Davriyligi

Ilmiy-ijodiy faoliyat

1

Darslik va o‘quv qo‘llanmaga mualliflik qilish

Yakka mualliflikdagi darslik

(kamida 1 ta)

Oxirgi 3 yilda

Yakka mualliflikdagi o‘quv qo‘llanma

(kamida 1 ta)

Oxirgi 3 yilda

2

Doktorlik ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilish

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilish

Oxirgi 3 yilda

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilish

Oxirgi 3 yilda

3

Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-ijodiy anjuman (seminar, konferensiya, simpozium va boshqa)larda ma’ruza bilan ishtirok etish

xalqaro miqyosidagi ilmiy-ijodiy anjuman (seminar, konferensiya, simpozium va boshqa)larda ma’ruza bilan ishtirok etish (kamida 6 ta)

Oxirgi 3 yilda

Respublika miqyosidagi ilmiy-ijodiy anjuman (seminar, konferensiya, simpozium va boshqa)larda ma’ruza bilan ishtirok etish (kamida 6 ta)

Oxirgi 3 yilda

4

Ilmiy-tadqiqot natijalari asosida xalqaro indeksatsiyalangan bazalarda (Scopus, Web of Science) e’tirof etilgan jurnallarda mutaxasisligi bo‘yicha maqola nashr etish

ilmiy-tadqiqot natijalari asosida xalqaro indeksatsiyalangan bazalarda (Scopus, Web of Science) e’tirof etilgan jurnallarda mutaxasisligi bo‘yicha maqola nashr etish (kamida 3 ta)

Oxirgi 3 yilda

5

Akademik ilmiy unvoniga ega bo‘lgan

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi ilmiy unvoniga ega bo‘lgan

-

6

O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari sohiblari

“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni sohiblari

-

“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni sohiblari

-

 

Muqobil malaka oshirish shakllaridan ixtiyoriy birini amalga oshirgan pedagog kadrlarga mutaxassisligi bо‘yicha tinglovchilarga mahorat darsi о‘tkazishi asosida malaka sertefikati Attestatsiya komissiyasining qarori asosida taqdim etiladi.

Malaka oshirish kursini tashkil etish va о‘tkazish tartibi

Badiiy ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining buyrug‘i bilan tasdiqlangan о‘quv reja va dastur  asosida tashkil etiladi.

Malaka oshirish kursi doirasida badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan bilim, kо‘nikma va malakalar yangilanadi, sohaga oid  bilimlar chuqurlashtiriladi.

Pedagoglar malakasini oshirish kurslari о‘quv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 144 soat hajmdagi о‘quv dasturlari bо‘yicha amalga oshiriladi. Bunda, о‘quv dasturining 144 soati tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri (bevosita) malaka oshirish shaklida ishdan ajragan holda amalga oshiriladi Malaka oshirishning bevosita shaklida bir haftadagi о‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi 36 soatni tashkil etadi.

Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni  qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslaridagi о‘quv mashg‘ulotlari:

ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar, yakka tartibdagi mashg’ulot, tajriba almashish darsi, trening, interfaol mashg‘ulotlar va boshqa shakllarda olib boriladi;

tasdiqlangan о‘quv rejalari hamda dasturlariga mos ravishda tuzilgan va bir nechta о‘quv fannii (modullarini) о‘z tarkibiga olgan  о‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.

 Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi qayta tayyorlanadigan va malaka oshiradigan pedagog va mutaxassis kadrlarining  lavozimlar va mutaxassisliklar nomenklaturasi Badiiy akademiya tomonidan belgilanadi.

Tinglovchilarning hujjatlari mashg‘ulotlar boshlanishining 1-kunida qabul qilinadi.

Malaka oshirish tinglovchisi sifatida talabgorlar Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- malaka oshirish kursiga yuborilganligi tо‘g‘risidagi ta’lim muassasasining bо‘yrug‘idan kо‘chirma;

- obyektivka;

- pasport nusxasi.

- avval malaka oshirgan bo‘lsa malaka sertefikati.

Malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish tо‘g‘risidagi buyruq kurslar boshlanishi sanasidan 3 kun mobaynida rasmiylashtiriladi.

Malaka oshirish kurslari boshlanganidan keyin uch kun mobaynida kelmagan tinglovchilar, kelmaslikning sabablaridan qatiy nazar, kurslarga qо‘yilmaydi.

Tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga о‘z vaqtida kelmaganlikning hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sababalari bо‘lganda ularga о‘qishning tegishli yо‘nalishi (mutaxassisligi) bо‘yicha keyingi kurslarda qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan о‘tish huquqi beriladi.

Tinglovchilarning о‘quv jarayonini tashkil etish va о‘tkazish

Auditoriyada о‘tkaziladigan barcha mashg‘ulotlar turlari 80 daqiqa davom etadi, о‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus 10 daqiqani tashkil etadi.

Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri (bevosita) malaka oshirish davrida uzrsiz sabablar bilan
18 soat va undan kо‘p miqdorda mashg‘ulotlarga qatnashmaganligi uchun kurslarning tinglovchilari Markaz rahbarining buyrug‘i bilan tinglovchilar safidan chiqariladi va bu haqdagi axborot О‘zbekiston Badiiy akademiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga, shuningdek tinglovchining asosiy ish joyiga yuboriladi.

Mashg‘ulotlarda qatnashmaganligi uchun kurslardan chetlashtirilgan tinglovchilar attestatsiyadan о‘tmagan deb hisoblanadi.

Hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablarga kо‘ra 18 soat va undan kо‘p hajmda mashg‘ulotlarda qatnashmagan tinglovchilar safdan chiqariladi va ularga navbatdagi kurslarda ishtirok etishlariga ruxsat beriladi.

Kirish testi – markaz xodimlari tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining 1-3 kunlarida shaklida о‘tkaziladi. Kirish test sinovlarida har bir tinglovchiga 30 tadan savollar beriladi hamda  malaka oshirish yо‘nalishi doirasidagi dastlabki bilim, kо‘nikma va malakalari  tashhis etiladi.

Sinovlarni о‘tkazish tartibi

Pedagog va mutaxassisi kadrlar 100 ballik tizim asosida baholanadi va umumiy bahoga nisbatan 56 foiz va undan yuqori natijaga erishgan tinglovchilar Yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli о‘tgan deb hisoblanadi.

Sinovlar ikki bosqichda о‘tkaziladi:

  1. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi
  2. Test sinovlari
  3. Bitiruv malakaviy (kursni tugatish)  ijodiy ishi himoyasi

4. O‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholash tartibi

Mutaxassislik modullari bo‘yicha tinglovchilarga berilgan vazifalar yuzasidan fanning professor-o‘qituvchilari tomonidan baholanadi.

Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:

Tasviriy san’at (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha:

Fan nomi

Qo‘yiladigan ball

1

Pedagogning mutaxassislik fanini o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

2

Chizmatasvirni o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

3

Rangtasvirni o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

4

Dekorativ rangtasvir

1-30 ballgacha

 

Amaliy san’at san’at (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha:

Fan nomi

Qo‘yiladigan ball

1

Pedagogning mutaxassislik fanini o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

2

Amaliy san’nat o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

3

Chizmatasvir va rangtasvirni o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

4

Dekorativ rangtasvir

1-30 ballgacha

 

Grafika (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha:

Fan nomi

Qo‘yiladigan ball

1

Pedagogning mutaxassislik fanini o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

2

Grafikani o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

3

Chizmatasvir va rangtasvirni o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

4

Dekorativ rangtasvir

1-30 ballgacha

 

Dizayn (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha:

Fan nomi

Qo‘yiladigan ball

1

Pedagogning mutaxassislik fanini o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

2

Dizayn o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

3

Chizmatasvir va rangtasvirni o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

4

Dekorativ rangtasvir

1-30 ballgacha

 

Haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha:

Fan nomi

Qo‘yiladigan ball

1

Pedagogning mutaxassislik fanini o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

2

Haykaltaroshlik o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

3

Chizmatasvir va rangtasvirni o‘qitish metodikasi

1-30 ballgacha

4

Dekorativ rangtasvir

1-30 ballgacha

 

          Mutaxassislik fanlari bo‘yicha tinglovchilar bilimini baholashda professor-o‘qituvchilarga qaydnoma beriladi. Qaydnomaga fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari qayd etiladi va Yakuniy attestatsiya komissiyasi raisining o‘rinbosari hamda fan o‘qituvchisi tomonidan imzolanadi.

5. Test sinovlarini о‘tkazish tartibi

         “Ijtimoiy modullar”, “Umumkasbiy modullar” va “Mutaxassislik” oʻquv modullari boʻyicha tinglovchilarning bilim va koʻnikmalari test sinovi orqali sinovdan о‘tkaziladi.

         Ushbu test sinovlarida asosiy urg‘u mutaxassislik fanlariga beriladi (test savollarining asosiy qismi mutaxassislik fanlaridan tuziladi) va quyidagicha baholanadi:

 

Test soni

Tо‘planishi zarur bо‘lgan maksimal ball

О‘tish bali

Berilgan vaqt

(daqiqa)

1.

30

30

17

30

 

 

Test sinovlarida 56% (17 ball) dan kam natija kо‘rsatgan tinglovchilar bitiruv malakaviy (kursni tugatish)  ijodiy ishining himoyasiga kiritilmaydi.

 

6. Bitiruv malakaviy (kursni tugatish)  ijodiy ishi himoyasini о‘tkazish tartibi

Quyidagi fanlar bo‘yicha tinglovchilarning bilimini baholash Yakuniy attestatsiya komissiyasi huzurida hisobot-ko‘rgazma (Bitiruv malakaviy ishi himoyasi) shaklida o‘tkaziladi:

Tasviriy san’at (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha:

Fan nomi

O‘tkazish shakli

Qo‘yiladigan ball

1

Kompozitsiya darslarida oʻquvchilarni badiiy tafakkurini oshirish va ularni ijodga yoʻnaltirish

Amaliy

(hisobot-ko‘rgazma)

1-40 ballgacha

 

Amaliy san’at san’at (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha:

Fan nomi

O‘tkazish shakli

Qo‘yiladigan ball

1

Kompozitsiya darslarida oʻquvchilarni badiiy tafakkurini oshirish va ularni ijodga yoʻnaltirish

Amaliy

(hisobot-ko‘rgazma)

1-40 ballgacha

 

Grafika (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha:

Fan nomi

O‘tkazish shakli

Qo‘yiladigan ball

1

Kompozitsiya darslarida oʻquvchilarni badiiy tafakkurini oshirish va ularni ijodga yoʻnaltirish

Amaliy

(hisobot-ko‘rgazma)

1-40 ballgacha

 

Dizayn (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha:

Fan nomi

O‘tkazish shakli

Qo‘yiladigan ball

1

Kompozitsiya darslarida oʻquvchilarni badiiy tafakkurini oshirish va ularni ijodga yoʻnaltirish

Amaliy

(hisobot-ko‘rgazma)

1-40 ballgacha

 

Haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha:

Fan nomi

O‘tkazish shakli

Qo‘yiladigan ball

1

Kompozitsiya darslarida oʻquvchilarni badiiy tafakkurini oshirish va ularni ijodga yoʻnaltirish

Amaliy

(hisobot-ko‘rgazma)

1-40 ballgacha

 

San’atshunoslik (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha:

Fan nomi

O‘tkazish shakli

Qo‘yiladigan ball

1

San’atshunoslikni o‘qitish metodikasi

Nazariy

(Bitiruv malakaviy ishi)

1-40 ballgacha

 

San’atshunoslik (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha:

Fan nomi

O‘tkazish shakli

Qo‘yiladigan ball

1

Muzeyshunoslikni o‘qitish metodikasi

Nazariy

(Bitiruv malakaviy ishi)

1-40 ballgacha

 

 

3. Tasviriy san’at (turlari bо‘yicha), Grafika (turlari bо‘yicha), Amaliy san’at (turlari bо‘yicha), Haykaltaroshlik (turlari bо‘yicha), Dizayn (turlari bо‘yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan hisobot-ko‘rgazmada tinglovchi berilgan topshiriq bo‘yicha ishlagan (yasalgan) kompozitsiya asarini ko‘rgazmaga qo‘yadi va Yakuniy attestatsiya komissiyasi baholaydi. Hisobot-ko‘rgazmaga qo‘yilgan va baholangan ishlar Markaz fondida saqlanadi.

San’atshunoslik (turlari bо‘yicha) hamda Muzeyshunoslik (turlari bо‘yicha) yo‘nalishlarida tinglovchilar belgilangan mutaxassislik moduli yuzasidan bitiruv malakaviy ishini yozma shaklda himoya qiladi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi va ilmiy rahbari Markaz direktorining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

4. O‘tkazilgan yakuniy attestatsiya qaydnomasida quyidagilar aks ettiriladi:

 

Tinglovchining ism sharifi

O‘zlashtirish ko‘rsatkichi

Test natijasi

Kasbiy (ijodiy) imtihon

Jami

1

-

30

30

40

100

 

 

 

 

 

 

 

Malaka oshirish yо‘nalishi bо‘yicha ta’lim dasturlarini tо‘liq о‘zlashtirgan va Attestatsiyadan muvaffaqiyatli о‘tgan kurs tinglovchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 21-iyundagi 385-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan davlat namunasidagi sertefikat beriladi.