O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi
Bo‘lim faoliyati haqida
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash to‘g‘risida”gi 12-son qarori va 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori (2-ilovasi), O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2009 yil 28 avgustdagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida”gi 11-10-son topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi 2881-son qarori, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4904-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3219-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 957-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 apreldagi “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4688-son qarori, shuningdek ish faoliyatida qo‘shimcha foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyundagi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-117-son qarori asosida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining (bundan buyon matnda akademiya deb yuritiladi) Ish yuritish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi (bundan buyon matnda bo‘lim deb yuritiladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
Bo‘limning vazifalari:
Bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;
Malaka oshirish yo‘nalishlarining Davlat ta’lim talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
Markazda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;
Tinglovchilar bilimlarining davlat ta’lim talablariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan meyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
Ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
Markazga jalb etilgan professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini nazorat qilish, ularning pedagogic mahorati va ta’lim berish sifatini baholash hamda tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Markaz rahbariyatiga takliflar kiritish;
Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
Bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv,ilmiy, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;