Matbuot va axborot texnologiyalari bo'limi
Bo‘lim faoliyati haqida
Matbuot va axborot texnologiyalari bo‘limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zBA Markazning Boshqaruv Kengashi qarorlari, Markaz direktorining buyruq va qarorlari hamda ko‘rsatmalariga (bundan buyon matnda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda Markazning hujjatlari deb yuritiladi), bo‘lim Nizomiga hamda mazkur yo‘riqnomaga amal qilgan holda faoliyat yuritadi.
Bo‘lim o‘z ish faoliyatida milliy va xalqaro standartlarga mos ravishda axborot texnologiyalari va matbuot bilan bog‘liq sohalarda yuqori darajadagi professionalizmni saqlashga, yangi innovatsion yechimlarni joriy qilishga, shaffoflik va hisobdorlikni ta'minlash.
Bo‘limning maqsadi axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Markazning axborot siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Bo‘limning vazifalari:
- markaz faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, markazning rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
- bo‘limning maqsadi axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida markazning axborot siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, o‘zbekiston respublikasi prezidentining matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- markazning rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish;
- markazning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy oavda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
- markaz faoliyatini xorijiy oavda sifatli yoritish maqsadida o‘zbekiston respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning o‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlash;
- markazning boshqa bo‘lim va boshqarmalari, tizimdagi tashkilot va tasarrufdagi ta’lim muassasalari bilan birgalikda milliy va xorijiy oavda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
- markazning faoliyati sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomaterial ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
- markaz yig‘ilishlarida faoliyatga doir masalalarni kiritib, muammolarni hal etishda amaliy yordam beradi hamda yutuq va yangiliklarni ommalashtirib boradi;