Bo‘lim faoliyati haqida

Bo‘lim о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuniga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”  2017-yil 16-avgustdagi  PQ-3219-son hamda “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorlini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish tо‘g‘risida” 2017-yil 1-dekabrdagi 957-son, “О‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yо‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2021-yil 21-iyundagi 385-son qarorlariga, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tо‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik hujjatlariga hamda ta’limga oid boshqa nomativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq hamda О‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yо‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi direktorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga muvofiq olib boradi.

Bo‘limda amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda Markaz direktoriga taqdim etadi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish; 

  • qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

  • tinglovchilar bilimi va kasbiy kompetensiyalarining DTTga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

  • ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

  • kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

  • tinglovchilarni attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni Markaz direktoriga taqdim etish; 

  • attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda Markazda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

  • ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

  • ta’lim sifatini oshirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

  • Markazning tarkibiy tuzilmalarida (kafedra, bo‘lim) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Markaz rahbariyatiga takliflar kiritish;

  • o‘quv jarayoniga jalb etilgan professor-o‘qituvchilar tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni Markaz direktoriga ma’lum qilish;

  • Markazning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

  • ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

  • tinglovchilar bilimini va kasbiy kompetensiyalarini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;

  • yakuniy attestatsiya jarayonlarini tashkil etish;

  • malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlari tinglovchilarining bilimini baholash mezonini ishlab chiqish, takomillashtirish bo‘yicha Markaz rahbariyatiga takliflar kiritish;

bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish.

 

 

VIDEOGALEREYA

 

ko'rish

 

ko'rish 

 

ko'rish

 

ko'rish

 

ko'rish