Markazda badiiy ta'lim sohasiga nomutaxassis hisoblangan pedagoglar uchun

kasbiy qayta tayyorlash kurslari mavjud bo'lib, ushbu kurslarni tamomlagan

tinglovchilarga professional yoki oliy ma'lumot diplomiga

tenglashtirilgan davlat na'munasidagi diplom beriladi.

 

O'qish istagida bo'lgan tinglovchilarga quyidagi

QAYTA TAYYORLASH KURSLARIni taklif etamiz:

O'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lgan talabgorlar uchun:

  • Badiiy kashtachilik usta rassomi;
  • Badiiy zardo'zlik usta-rassomi;
  • Badiiy naqqoshlik usta-rassomi;
  • Liboslar dezayneri;
  • Dastgohli rangtasvir rassomi.

Oliy ma'lumotga ega talabgorlar uchun:

  • Rangtasvir (turlari bo‘yicha).

 

NOMZODLARGA QO'YILADIGAN TALABLAR:

Nomzod o'rta maxsus yoki oliy ma'lumot haqidagi diplomi va uning ilovasini +998900689363 raqamidagi telegram manziliga yuboradi.

Mutaxassislar ushbu xujjatlarni fanlar farqi asosida o'rganib chiqadi va xulosa beradi.

TO'LOV SHARTNOMA

Kurs shartnoma asosida bo'lib, to'lov shartnoma miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 26 barobari etib belgilangan

(ushbu miqdor Markaziy bankning qayta moliyalash stavkalariga asosan o'zgarishi mumkin)

KURS HAJMI

Kurs hajmi yo'nalishlardan kelib chiqib 5 va 6 oy davom etadi. Bunda kurs umumiy hajmining 144 soati (1 oyi) to'g'ridan to'g'ri (oflayn)

tashkil etiladi. Qolgan qismi esa masofadan o'qitish dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda tinglovchi asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofadan o'qiydi.

KURS YAKUNI

Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash

va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari to‘g‘risida” 25-sonli qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan davlat namunasidagi Diplom beriladi.