Xalqaro hamkorlik qilish maqsadida Ozarbayjon Davlat rassomlik akademiyasiga Markaz direktori tashrif buyurdi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi direktori Davronbek Shukurov, O’quv jarayonini tashkil etish bo’limi boshlig’i Farhod  Sodiqov Ozarbayjon Davlat rassomlik akademiyasi (Azərbaycan Dövlət Rəssamlıq Akademiyası)ga tashrif buyurishdi.  Ozarbayjon Davlat rassomlik akademiyasi professor o'qituvchilari hamrohligida  talabalarning dars mashg'ulotlari va ularning ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishdilar hamda soha yuzasidan o'zaro fikr almashdilar.