Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali o'trkazishga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi
17-21 aprel kunlari O'zbekiston Badiiy akademiyasi va qator vazirlik, tashkilotlar hamkorligida respublikamiz boʼylab 2023 yil – "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili" ga bagʼishlangan Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali oʼtkaziladi.
Bugun,14 aprel kuni shu munosabat bilan Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi anjumanlar zalida Xalqaro sanʼat festivalini tashkil qilish va oʼtkazish chora-tadbirlariga bagʼishlangan matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.
Anjumanda O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur anjuman qatnashchilarini qiziqtirgan savollariga javob berdi. Shuningdek, qatnashchilar tomonidan berilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi.