Temirbek Jurgenov Nomidagi Qozoq Milliy Badiiy akademiyasi bilan hamkorlik Memorandumi imzolash mqasadida Qozog‘iston Respublikasiga Markaz direktori D.Shukurov hamda Markaz xodimi M.Sadikova tashrif buyurdi.

Jahondagi yetakchi Badiiy ta’lim yо‘nalishidagi ta’lim muassasalari, tashkilotlar, atoqli madaniyat va san’at arboblari bilan ilg‘or tajribalar almashish maqsadida Temirbek Jurgenov Nomidagi Qozoq Milliy Badiiy akademiyasi bilan hamkorlik Memorandumi imzolash rejalashtirildi. 

Ushbu Memorandumda tomonlar madaniyat va san’at ta’limi sohalarini rivojlantirish, xususan:
- tomonlarning pedagog va xodimlarining xalqaro akademik almashinuvini tashkil etish;
- qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar va loyihalarni amalga oshirish kabi bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 29-noyabrdan 2-dekabrgacha Qozog‘iston Respublikasiga Markaz direktori D.Shukurov hamda Markaz xodimi M.Sadikova tashrif buyurdi.

29-noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasining 32 yilligi doirasida Temirbek Jurgenev nomidagi qozoq milliy badiiy akademiyasi respublika davlat muassasasining tashkil topganiga 35 yil to‘lganligi munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazmaga tashrif buyurishdi.

Ushbu ko‘rgazma doirasida Temirbek Jurgenev nomidagi Qozoq Milliy Badiiy akademiyasi kolleji o‘quvchilari o‘z ijod namunalarini taqdim etdilar. Ko‘rgazma so'nggida Daulet Isabekov qalamiga mansub "Opa" nomli spektakl premyerasi namoyish etildi.