"Rangtasvir" xalqaro malaka oshirish kursi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida xorijiy mamlakatlardagi badiiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan pedagog va mutaxassis kadrlari, shuningdek, mustaqil ijod olib boruvchilar uchun 2024-yilning aprel oyida malaka oshirish kursi tashkil etish rejalashtirilgan. 
“Rangtasvir” yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilayotgan Malaka oshirish kursiga qo‘yiladigan talablar:
• kasbiy mahoratini oshirish asosida ularning ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot hamda kasbiy-ijodiy mahoratini oshirish;
• o‘zaro tajriba almashish; 
• ijodiy integratsiyani ta’minlash, jahon tasviriy va amaliy san’atining yetakchi mutaxassislari bilan ijodiy aloqalarni mustahkamlash.
Kursda ishtirok etish uchun talabgorlar soha bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
Kursda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlarning murojaatlari 2024-yilning 29-fevralga qadar Markazning uzbahuzuridagimarkaz@gmail.com va mukaddas910@gmail.com (watsapp/telegram +998 909101067) elektron pochta manzilida qabul qilinadi.
Kurs haqida to‘liq ma’lumotla hamda talabgorlar uchun anketa na’munasi ilova qilinadi.