Qozoq Milliy Badiiy akademiyasi bilan Xamkorlik Memorandum imzolandi.

Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy taʼlim yoʼnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi direktori Davronbek Shukurov Temirbek Jurgenov nomidagi Qozoq Milliy Badiiy akademiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida;

 - Temirbek Jurgenov nomidagi Qozoq Milliy Badiiy akademiyasi kolleji tashkil topganiga 35 yil to‘lganligi munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazmada ishtirok etdi, 

 - Temirbek Jurgenov nomidagi Qozoq Milliy Badiiy akademiyasiga tashrif buyurdi va mas'ul xodimlar hamroxligida akademiyada tashkil etilgan ko'rgazmaga tashrif buyurdi va u yerdagi dars mashg'ulotlarini ko'zdan kechirdi.

 - Temirbek Jurgenov nomidagi Qozoq Milliy Badiiy akademiyasi kollejiga tashrif buyurdi va talabalar o'quv jarayonlari, erishgan yutuqlari, qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.

 - Tomonlarning pedagog va xodimlarining xalqaro akademik almashinuvini tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar va loyihalarni amalga oshirish kabi bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish maqsadida Qozoq Milliy Badiiy akademiyasi bilan Xamkorlik Memorandum imzoladi.