Qozog‘iston Respublikasining Temirbek Jurgenov nomidagi Qozoq Milliy Badiiy akademiyasi hamkorlikda “An’anaviy va zamonaviy kashtachilik san’ati” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.


Bugun 21-dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi bilan Qozog‘iston Respublikasining Temirbek Jurgenov nomidagi Qozoq Milliy Badiiy akademiyasi hamkorlikda  “An’anaviy va  zamonaviy kashtachilik san’ati” mavzusida  xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda Markaz hodimlari va  qayta tayyorlash kursining "Badiiy kashtachilik usta-rassomi" tinglovchilari hamda Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Ixtisoslashtiгilgan san'at maktabIari va maktab-internatlari xodimlari, shuningdek, Qozoq milliy Badiiy  akademiyasi profeessor o‘qtuvchilari ishtirok etdi.


Seminarda "Qozog‘iston an'anaviy zamonaviy kashtasi" mavzusida Temirbek Jurgenov nomidagi Qozoq Milliy Badiiy akademiyasi professori  Raushan Bozarbayeva maruza qildi.

 "O‘zbekiston an'anaviy va zamonaviy kashtasi" mavzusida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti "San‘atshunoslik tarixi va nazariyasi" kafedrasi dotsenti Dilzoda Alimkulova maruzalari bilan ishtirok etdi.