Qayta tayyorlash kurslarini "Badiiy kashtachilik usta-rassomi" yo'nalishida taxsil olgan tinglovchilarning yakuniy attetsatsiyasi bo'lib o'tdi va Davlat namunasidagi diplomlar berildi.
22-dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazining qayta tayyorlash kurslarini "Badiiy kashtachilik usta-rassomi" yo'nalishida taxsil olgan tinglovchilarning yakuniy attetsatsiyasi bo'lib o'tdi.
Attetsatsiyaga qadar ushbu tinglovchilar 6 oylik qayta tayyorlash kursida malakaviy professor o'qituvchilar va kashtachilik ilmini yetuk egallagan ustoz Go'zal Nurddinovadan soxa ilmini chuqur o'zlashtirdi. Shuningdek, diplom himoyasiga o'z qo'l mehnati bilan ishlangan kashtachilik asarlari bilan ishtirok etishdi hamda yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan odilona baxolandi.
Qayta tayyorlash kursini "Badiiy kashtachilik usta-rassomi" yo'nalishida taxsil olgan tinglovchilar yakuniy attetsatsiyasidan muvaffiqiyatli o'tishdi hamda Yakuniy attestatsiya komissiyasi qarori bilan ularga Davlat na'munasidagi diplomlar berildi.