O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan “Mustaqillik dars”i tashkil etildi.
Bugun 4-sentabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida sentabr oyida malaka oshirish kurslariga jalb etilgan Oliy ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san'at maktablari, bolalar musiqa va san'at maktablarining professor-o'qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan “Mustaqillik dars”i tashkil etildi.
Dars mashg'ulotini falsafa fanlari nomzodi, dotsent Muzaffar Ortiqov olib bordi.
Mustaqillik darsi "Yangi hayot uchun, Yangi Oʼzbekiston uchun!" g'oyasi ostida bo'lib, so'ngi yillarda yurtimizda bo'layotgan o'zgarishlar, xalq farovonligi uchun qilanayotgan ishlar, o'tgan yillardan bugungi kunning farqi va biz ertani qanday qurmog'imiz kerakligi tog'risida keng qamrovli fikrlar bilan bo'lib o'tdi.