O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida navbatdagi muhim xalqaro tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida navbatdagi muhim xalqaro tadbir tashkil etildi.

Maskur xalqaro tadbirdan yorqin videolavhalar.
       Mazkur tadbirda Koreya Respublikasi Kemyung universitetining Tasviriy san’at kolleji dekani Kim Yun Hee hamda Tasviriy san'at kafedrasi mudiri Jang Tae Mook tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun seminar va mahorat darsi  o‘tkazildi.

 

Markaz Ilmiy-metodik kengashining tegishli qarori hamda Markaz direktorining tegishli buyrug'i bilan O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi madaniyat-san’at va ta’lim sohasida aloqalarni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, pedagogik tajriba va metodik amaliyot almashuvini kengaytirishga shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Keimyung universiteti Tasviriy san’at kolleji dekani Kim Yun Hee Tasviriy san’at kafedrasi mudiri, professor Jang Tae Mookga Markazning faxriy professori unvoni berildi.

 

Mahorat darslari doirasida malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun zamonaviy tasviriy san’at, dizayn va san’atshunoslik yo‘nalishlarida ilg‘or uslub va texnikalarni qamrab olgan interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Koreyalik mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, global san’at ta’limidagi innovatsion yondashuvlar, yangi texnologiyalar, gibrid o‘qitish metodlari hamda ijodiy fikrlashni rivojlantirish uslublari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.