O'zBA huzuridagi markaz direktoriningO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli hamkasblar, aziz jamoadoshlar va jonkuyar pedagoglar!
Barchangizni va siz orqali oila a'zolaringizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etaman!
Shuning barobarida har biringizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilayman. Yurtimiz badiiy ta'lim sohasi ravnaqi, rivoji uchun qilayotgan ishlaringizga yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!
Yurtimizda badiiy ta'lim kundan-kunga rivoj topib, katta rivojlanish yo‘lidan ketmoqda. Bu albatta, tanlagan yo‘limizning nihoyatda to‘g‘riligi, u mustahkam asosga ega ekanligidadir. Bugungi rivojlanishga Siz kabi tajribali va jonkuyar insonlar tomonidan katta hissa qo‘shilmoqda.
So‘zim yakunida barcha ezgu niyatlarning amalga oshishini, ko‘tarinki va bayramona kayfiyat hamisha hamroh bo‘lishini tilab qolaman
D.SH.Shukurov, «O'zBA huzuridagi markaz» direktori.