O'quv ishlari bo'yicha о'rinbosarlariga tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakunlandi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Ixtisoslashtiгilgan san'at maktabIari va maktab-internatlarining O'quv ishlari bo'yicha о'rinbosarlariga tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakunlandi.

Ularga tashkil etilgan 144 soatlik malaka oshirish kursida o'z kasbini yetuk vakillari bo'lgan professor ustozlar dars mashg'ulotlarini olib bordi hamda o'z bilim, ko'nikmlarini tinglovchilarga ulashdi va maktab o'quv ishlari bo'yicha direktor о'rinbosari kasbini mukammal egallashlari hamda shaxsiy rivojlanish bo'yicha treninglar olib bordi.

Yakuniy test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan о'rinbosarlar kursni muvaffaqiyatli tugatishdi va ularga malaka oshirishganlik haqidagi sertifikatlar berilmoqda.