Oktabr oyi malaka oshirish kurslariga jalb etilgan Oliy ta’lim muassasalarining professor-o'qituvchilarining yakuniy attestatsiyasi bo'lib o'tdi

31-oktabr kuni oktabr oyi malaka oshirish kurslariga jalb etilgan Oliy ta’lim muassasalarining professor-o'qituvchilarining yakuniy attestatsiyasi bo'lib o'tdi.

Yakuniy attestatsiyada tinglovchilar berilgan mavzu asosida o'zining diplom ishlarini taqdimot tarzda bayon etibgina qolmay, u asosida qilingan ijodiy ishlarini hakamlar hay'atiga taqdim etdi hamda hay'at a'zolari tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

Qizg'in bo'lib o'tgan ushbu jarayonda el ardog'idagi ustoz ijodkorlar, O'zbekiston xalq rassomlari, professorlar; hay'at raisi sifatida O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va a'zolari sifatida Rustam Xudayberganov, Fayzullo Ahmadaliyev, Anvar Mamajonov ishtirok etishdi hamda bitiruvchi tinglovchilarga o'zlarining qimmatli maslaxatlarini berishdi.

Kelajak yoshlarni ijodkor sifatida yanada ravnaq topishi, ulkan cho'qqilarni zabt etishi uchun, avvalo ularga dars beradigan pedagoglarni saloxiyati yuqori bo'lishi kerakligi, shu sababli pedagoglarni malakasini oshirish qanchalik muhim ekanligi, malaka oshirish kurslari yuqori saviyada, mukammal ishlashi kerakligi haqida o'zlarining fikrlari aytib o'tishdi.

Test topshiriqlaridan muvaffiqiyatli o'tgan, ijodiy ishlarda yaxshi ball to'plagan hamda hakamlar tomonidan ijobiy baxoga tavsiya etilgan tinglovchilar bir oylik malaka oshirish kursini yakunlab, malaka oshirganlik tog'risidagi davlat na'munasida sertifikatga tavsiya etildi.