Oktabr-noyabr oylaridagi, Oliy ta’lim muassasalaridan jalb etilgan professor-o'qituvchilari hamda noyabr oyida Dizayn (turlari bo'yicha) yo'nalishi uchun malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun yakuniy attestatsiya imtixonidan o’tqazildi

O’zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida oktabr-noyabr oylaridagi, Oliy ta’lim muassasalaridan jalb etilgan professor-o'qituvchilari hamda noyabr oyida Dizayn (turlari bo'yicha) yo'nalishi uchun malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun yakuniy attestatsiya imtixonidan o’tqazildi.

 

✍️Kurs tinglovchilari tomonidan taqdim etilgan ijodiy loyihalar orasida milliy qadriyatlar va zamonaviy modaning uyg‘unlashgan namunalari, turli xil uslubiy yechimlar asosida yaratilgan libos dizaynlari alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.

✍️Taqdim etilgan asarlarni baholashda quyidagi jihatlarga e'tibor qaratildi: kompozitsiya g'oyasi, rassom mahorati va texnikasi, qay darajada to'g'ri ishlatilgani. Ustozlar malaka oshirish kurslarining samaradorligini oshirish hamda tinglovchilarning mahoratini yanada rivojlantirish uchun yangi taklif va mulohazalar bildirishdi. 

 

Kurslari yakunidan videolavhalar