Markazlar o'zaro hamkorlik qilmoqda
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi va Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Xodimlarining malakasini oshirish markazi bilan Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini mazmun-mohiyatini tushuntirish yoʼnalishida hamkorlik qilmoqda.
Shu bois bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlari direktorlariga tashkil etilgan malaka oshirish kursida "Mehnat munosabatlari'' fanidan dars mashg'ulotlarini Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Xodimlarining malakasini oshirish markazi oʼqituvchi Sayfitdin Rahimov olib bormoqdalar.