Markaziy ko'rgazmalar zalida Xalqaro an'anaviy “Tasviriy va amaliy san'at festivali”ning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

.

Markaziy ko'rgazmalar zalida Xalqaro an'anaviy “Tasviriy va amaliy san'at festivali”ning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosim bayramona tarzda bo'lib, taniqli o'zbek va chet el san'at vakillari, TURKSOY tashkiloti vakillari, san'at maktablari o'quvchilari va san'at ixlosmandlari ishtirok etdi.

Marosimni Badiiy akademiya raisi Akmal Nur ochib berdi. So'ngra TURKSOY bosh kotibi Sultan Raev so'zga chiqdi va festival hamda yurtimizda san'atga bo'lgan e'tiborni yuqori baxolab, tashkilot rivojida O'zbekiston o'rni yuqori ekanligi haqida so'zlab o'tdi.

Marosimda shuningdek, Oʻzbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov o'zining eng sara qo'shiqlarini aytib hamda san'at maktablari o'quvchilari tomonidan ijro etilgan o'zbek milliy raqslari yig'ilganlarni xushnud etdi.

So'ngra, Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o'quvchilarining tarixiy liboslar namoyishi bo'lib o'tdi.