Markaz tinglovchilari O‘zbekiston davlat san‘at muzeyiga tashrif buyurishdi.
Markaz tinglovchilari O‘zbekiston davlat san‘at muzeyiga tashrif buyurishdi. Tinglovchilar bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti "San‘atshunoslik tarixi va nazariyasi" kafedrasi dotsenti Alimkulova Dilzoda qiziqarli dars mashg‘ulotini olib bordi. Bu yerda tinglovchilar O'zbekiston san'atining nodir durdonalari bilan tanishdilar. Muzey fondining katta qismini Oʻzbekiston tasviriy sanʼati asarlari tashkil qiladi: Oʻzbekiston tabiat kuychisi Oʻ. Tansiqboyev, A. Abdullayev, Y.Abdullayev, Sh. Hasanova, Ch.Ahmarov, R. Ahmedov, N.Qoʻziboyev, S. Abdullayev, R.Choriyev kabi bir qancha tasviriy san'at nomoyondalarining asarlari muzey ekspozitsiyalaridan joy olgan. Muzey shuningdek, boy oʻzbek amaliy sanʼati toʻplamiga ham ega: ganch, yogʻoch va tosh oʻymakorligi namunalari, zargarlik, gilamchilik, kashtadoʻzlik, kulollikka mansub qimmatli buyumlar oʻzbek xalqining qadimiy va boy amaliy bezak sanʼati haqida mukammal maʼlumot beradi.