2024-yilning yanvar oyida malaka oshirish kurslariga jalb etilgan "Tasviriy san'at" yo'nalishi tinglovchilarining yakuniy attetsatsiyasi o'tkazildi.

Attetsatsiya jarayonida komissiya a'zolari tinglovchilarning oy davomida o'quv kursi fanlariga biriktirilgan ustozlari tomonidan berilgan vazifalari va yakuniy ijodiy imtixonida bajargan ishlarini baxolashdi.

Yanvar oyida malaka oshirish kursiga jalb etilgan tinglovchilarning barchasi kursni muvaffiqiyatli tamomlashdi.

Attetsatsiya so'ngida Markaz mas'ullari komissiya a'zolari tomonidan berilgan baxolar hamda tinglovchilarning yakuniy test sinovida to'plagan baxolarini yig'indisini e'lon qilishdi. Davlat ta'lim talablarida keltirilgan o'tish balini to'plagan tinglovchilar kursni muvaffiqiyatli tamomlashdi hamda ular malaka oshirganlik tog'risidagi Davlat namunasidagi sertifikat berilishiga tavsiya etildi.

Yakunda tinglovchilar malaka oshirish kursini yanada takomillashtirish, rivojlantirish va yangi inavatsiyalar joriy qilish bo'yicha Komissiya a'zolari hamda Markaz mas'ullari bilan o'zaro fikr almashdi.