Koreya Respublikasining Keimyung universiteti huzuridagi Tasviriy san`at kolleji bilan Memorandum imzolandi.

O‘zbekiston O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi va Koreya Respublikasining Keimyung universiteti huzuridagi Tasviriy san`at kolleji o’rtasida badiiy ta’limni xalqaro miqyosda kengaytirish hamda  akademik harakatchanlikni rivojlantirish maqsadida Memorandum imzolandi.

Ushbu memorandumda tomonlar madaniyat va san’at ta’limi sohalarini rivojlantirish, xususan:
–  tomonlarning pedagog va xodimlarining xalqaro akademik almashinuvini tashkil etish;
–  qo‘shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
–  xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar va loyihalarni amalga oshirish kabi bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik ko'zda tutilgan.