Javaharlal Neru nomidagi Arxitektura va tasviriy sanʼat universiteti huzuridagi Tasviriy sanʼat kolleji dotsenti Anand Rao va doktor P.Samukta yurtimizga tashrif buyurdi.

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi Hindiston Javoharlal Neru arxitektura va tasviriy san’at universiteti bilan Memarondum imzolagan edi, shu bois Javaharlal Neru nomidagi Arxitektura va tasviriy sanʼat universiteti huzuridagi Tasviriy sanʼat kolleji dotsenti Anand Rao va doktor P.Samukta yurtimizga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida o'zaro aloqalarni yanada rivojlantirish, ko‘rgazmalar va loyihalarni amalga oshirish hamda tajriba almashish tog'risida Markazimiz xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Shundan so'ng ikki tomon bir-birlariga minnatdorchilik belgisi sifatida estalik sovg'alar topshirdi.

So'ngra, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida doktor Priti Samukta “Hindiston sanʼati tarixi” mavzusida seminar oʻtdi.