Iyun oyida malaka oshirish kurslariga jalb qilingan tinglovchilar O'zbekiston Badiiy akademiyasiga tashrif buyurishdi.
Bugun O'zbekiston Badiiy akademiyasiga Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi iyun oyida malaka oshirish kurslariga jalb qilingan tinglovchilar O'zbekiston Badiiy akademiyasiga tashrif buyurishdi.
Tinglovchilar O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur xamrohligida akademiya ustaxonalari, galereyasi hamda bino ko'rgazmalari bilan tanishishdi. Tashrifda tinglovchilar o'zi qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. U yerda rassomlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ular tomidan yaratilayotgan asarlar tinglovchilarda katta qiziqish uyg'otdi hamda yurtimizda badiiy ta'limga bo'lgan e'tibordan yana bir bor mamnun bo'lishdi.