Italiyaning San’at va restavratsiya instituti - Palazzo Spinelli bilan Memorandum imzolandi.
Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi va Italiyaning San’at va restavratsiya instituti - Palazzo Spinelli oliy va o‘rta maxsus taʼlimda xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqa faoliyat sohasida hamkorlik qilish maqsadida tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan ikki tomonlama Memorandum imzoladi.
Memorandum Markaz direktori Davronbek Shukurov va Italiyaning San’at va restavratsiya instituti - Palazzo Spinelli direktori Emanuele Amodei tomonidan imzolanib, memarondumdan ko'zlangan maqsad tomonlar madaniyat va san’at ta’limi sohalarini rivojlantirishni, xususan:
- tomonlarning pedagog va xodimlarining xalqaro akademik almashinuvini tashkil etish;
- qo‘shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar va loyihalarni amalga oshirishdir.
Shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi direktori D.Shukurov va Italiyaning San’at va restavratsiya instituti - Palazzo Spinelli direktori Emanuele Amodei minnatdorchilik belgisi sifatida bir-birlariga estalik sovg'alari topshirdi.