Ijro intizomini mustahkamlash bo’yicha seminar

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini ta’minlashda ijro intizomi muhim ahamiyat kasb etadi. “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–117-son Prezident Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

 

Seminarda markaz xodimlariga Umumiy bo‘lim bosh mutaxassisi M.Bo‘ranboyeva ijro intizomini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumotlar berildi

Tadbir yakunida mavjud muammolar muhokama qilindi hamda birgalikda “Ijro.gov.uz” tizimini doimiy takomillashtirib borish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.