Fevral oyida malaka oshirish kurslariga jalb qilingan "Tasviriy san’at (turlari bo’yicha)" yo‘nalishi tinglovchilarining kurs yakunlari bo‘yicha Yakuniy attestatsiyasi o'tkazildi.
Bugun O'zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta'lim yo'nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida, "Tasviriy san’at (turlari bo’yicha)" yo‘nalishi tinglovchilarining kurs yakunlari bo‘yicha Yakuniy attestatsiya o’tkazildi.
Baholash mezonlariga asosan har bir tinglovchi tugal kompozitsion asar xisobot-ko'rgazmaga qo'yildi.
O’zbekiston xalq rassomi, professor Rustam Xudoyberganov, O’zbekiston xalq rassomi, akademik Sobir Rahmetov, O’zbekiston rassomlar ijodiy uyushmasi a’zosi Baxtiyor Maxkamov, ustozlar Shexnazar Jumaniyozov, Feruza Erkinboyeva hamda markaz direktori Davronbek Shukurovlardan iborat komissiya a’zolari tinglovchilar ishlarini munosib baholadilar.