Eron kitobat san’ati instituti rahbari (Tehron) Hasan Mohammadiyning mahorat darsida markaz tinglovchilari uchun mahorat darsi.

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida Eronlik miniatyurachi rassom, illyuminator va xattot, Eron kitobat san’ati instituti rahbari (Tehron) Hasan Mohammadiyning mahorat darsida markaz tinglovchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida san’at ustalari ishtirokchilarga Eron an’anaviy xattotligi va miniatyura san’atining o‘ziga xos uslublarini namoyish etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

Ushbu voqea O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, kitobat san’ati sohasida bilim va tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar yaratish, o‘zbek va eron miniatyurachi rassomlari va xattotlari ishtirokida qo‘shma ko‘rgazma loyihalarini amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot va noshirlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.