Direktorlarga Rahimboy Jumaniyozov dars mashg'ulotlarini olib bordi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlariga tashkil etilgan malaka oshirish kursida "Notiqlik san’ati'' fanidan dars mashg'ulotlarini notiqlik san’atini yuksak darajada egallagan so‘z san’atkori,  mashhur notiq, fiologiya fanlari nomzodi, dotsent Rahimboy Jumaniyozov olib bordi. 

Mahorat darsida ustoz so‘z san’atining nozik taraflarini Markaz tinglovchilarga savol-javoblar, har xil aforizm va rivoyatlar orqali yuksak darajada namoyon qildi. O‘zbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalanish,  uni  o‘z o‘rnida aniq, lo‘nda va ta’sirchan qo‘llash usullari haqida qimmatli ma’lumotlarni berib o‘tdi.