"Badiiy zardo'zlik usta-rassomi" yo'nalishida taxsil olgan tinglovchilarning yakuniy attetsatsiyasi bo'lib o'tdi.
19-iyul kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazining qayta tayyorlash kurslarini "Badiiy zardo'zlik usta-rassomi" yo'nalishida taxsil olgan tinglovchilarning yakuniy attetsatsiyasi bo'lib o'tdi.
Attetsatsiyaga qadar ushbu tinglovchilar 6 oylik qayta tayyorlash kursida malakaviy professor o'qituvchilar va zardo'zlik ilmini yetuk egallagan ustoz Gulnora Azimovadan soxa ilmini chuqur o'zlashtirdi. Shuningdek, diplom himoyasiga o'z qo'l mehnati bilan ishlangan zardozlik asarlari bilan ishtirok etishdi hamda hakamlar tomonidan odilona baxolandi.
"Badiiy zardo'zlik usta-rassomi" yo'nalishida taxsil olgan tinglovchilar yakuniy attetsatsiyasidan muvaffiqiyatli o'tishdi hamda Yakuniy attestatsiya komissiyasi qaror bilan ularga davlat na'munasidagi sertifikat berildi.
"Badiiy zardo'zlik usta-rassomi" yo'nalishida taxsil olgan tinglovchilarga sertifikatlarni O’quv jarayonini tashkil etish bo’limi boshlig’i Farhod Sodiqov topshirdi.