Badiiy kashtachilik usta-rassomi mutaxassisligi qayta tayyorlov guruhi tinglovchilari O'zbekiston Badiiy akademiyasiga tashrif buyurishdi.

Bugun 15-iyun kuni O'zbekiston Badiiy akademiyasiga Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi Badiiy kashtachilik usta-rassomi mutaxassisligi qayta tayyorlov guruhi tinglovchilari O'zbekiston Badiiy akademiyasiga tashrif buyurishdi.

Tinglovchilar O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur xamrohligida akademiya ustaxonalari, galereyasi hamda bino ko'rgazmalari bilan tanishishdi. Tashrifda tinglovchilar o'zi qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. U yerda rassomlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ular tomidan yaratilayotgan asarlar tinglovchilarda katta qiziqish uyg'otdi.

Tashrif jarayonida O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi  Akmal Nur va Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjonova o'z ish xonalariga tinglovchilarni taklif qilishdi hamda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'zlab, tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

Tashrif mazmunli va esda qoladigan ta'surotlar bilan o'tdi.