Akmal Nurning shaxsiy galeriyasiga Markaz tinglovchilari tashrif buyurishdi.
Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi raisi O'zbekiston xalq rassomi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor Akmal Nur shaxsiy galeriyasiga Markaz tinglovchilari tashrif buyurishdi. Galeriya Akmal Nurning eng sara nodir asarlaridan tashkil topgan bo'lib, u yerda tinglovchilarga Akmal Nurning o'zlari hamroxlik qildi.
Akmal Nur asarlarida ezgulik va yovuzlik, yorugʻlik va zulmat toʻqnashuvi va bunda ezgulik va yorugʻlikning tantanasi, maʼnaviy qadriyatlar tarannum etiladi, mustaqillik olib kelgan oʻzgarishlar, muhabbat, oilaviy baxt-saodat, insof va diyonat oʻz aksini topadi.
Har bir asar yaratilish tarixi, asarda qanday ma'no va mazmun aks ettirliganligi haqida so'zlab berib, tinglovchilarga rassomlik san'atini mukammal egallashlari uchun nimalarga e'tibor berish lozim ekanligi tog'risida fikr yuritdi. San'at asarlaridagi ranglar uyg'unligi, ularning chuqur ma'noli qilib yaratilganligi va albatta asarning yorqin ranglardan mohirona foydalanilib chizilganligi tinglovchilarda katta qiziqish uyg'otdi.