Ozarbayjon Davlat rassomlik akademiyasi bilan Memorandum imzolandi.

O‘zbekiston O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi va Ozarbayjon Davlat rassomlik akademiyasi o’rtasida badiiy ta’limni xalqaro miqyosda kengaytirish hamda  akademik harakatchanlikni rivojlantirish maqsadida Memorandum imzolandi.

Ushbu memorandumda tomonlar madaniyat va san’at ta’limi sohalarini rivojlantirish, xususan:
–  tomonlarning pedagog va xodimlarining xalqaro akademik almashinuvini tashkil etish;
–  qo‘shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
–  xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar va loyihalarni amalga oshirish kabi bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik ko'zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi direktori D.Shukurov va Ozarbayjon Davlat rassomlik akademiyasi rektori N.Aliyev (Natiq Kamal oğlu Əliyev) minnatdorchilik belgisi sifatida bir-birlariga estalik sovg'alari topshirdi.