Markazi tinglovchilari O‘zbekiston davlat san‘at muzeyiga tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta’lim yo’nalishlarida pedagog va mutahassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish markazi tinglovchilari O‘zbekiston davlat san‘at muzeyiga tashrif buyurishdi. Tinglovchilar bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti "San‘atshunoslik tarixi va nazariyasi" kafedrasi dotsenti Alimkulova Dilzoda qiziqarli dars mashg‘ulotini olib bordi. Bu yerda tinglovchilar O'zbekiston san'atining nodir durdonalari bilan tanishdilar.

Muzey fondining katta qismini Oʻzbekiston tasviriy sanʼati asarlari tashkil qiladi: Oʻzbekiston tabiat kuychisi Oʻ. Tansiqboyev, A. Abdullayev, Y.Abdullayev, Sh. Hasanova, Ch.Ahmarov, R. Ahmedov, N.Qoʻziboyev, S. Abdullayev, R.Choriyev kabi bir qancha tasviriy san'at nomoyondalarining asarlari muzey ekspozitsiyalaridan joy olgan.