Markaz qayta tayyorlash kurslari ilk qaldirgʼochlarining “Ranglardagi hayot” nomli koʼrgazmasi bo'lib o'tdi.
29- mart kuni Oʼzbekiston Badiiy Аkademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʼnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi qayta tayyorlash kurslari ilk qaldirgʼochlarining “Ranglardagi hayot” nomli koʼrgazmasi bo'lib o'tdi.
Ushbu ko'rgazma Markazda o'z bilimlarini tinglovchilarga ulashayotgan professor oʼqituvchilarning hamda “Rangtasvir (turlari boʼyicha)" yoʼnalishi qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan 32 nafar tinglovchilarning sanʼat asarlaridan tashkil topgan.
Ko'rgazma davomida Markaz direktori Davron Shukurov so'zga chiqdi va yil davomida qilingan ishlar sarhisobi, Markaz erishgan natijalar, kelgusidagi rejalar haqida gapirib o'tdi hamda Markazga o'zini katta hissalarini qo'shib kelayotgan professor o'qituvchilarga tashakkurnomalar topshirdi.
So'ngra O'zbekiston Xalq rassomi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, professor Akmal Nur so'zga chiqdi va “Rangtasvir (turlari bo‘yicha)” qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Qayta tayyorlash kursini tamomlaganligi toʼgʼrisida Davlat naʼmunasidagi diplomni o'z egalariga topshirishdi.
Ko'rgazmada yana O'zbekiston xalq rassomi, Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor Sobir Raxmetov so'z oldi va o'zini Markaz faoliyati haqida samimiy so'zlarini bildirib o'tdi.