2023-yilning sentabr oyida malaka oshirish kurslariga jalb etilgan tinglovchilarning yakuniy attetsatsiyasi o'tkazildi.
Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy taʼlim yoʼnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida 2023 yil sentabr oyida malaka oshirish kurslariga jalb etilgan pedagog kadrlar oʼz malakalarini oshirishdi. Oʼqitish natijasiga koʼra yakuniy test sinovlari va ijodiy (kasbiy) imtixonlarni muvaffaqiyatli topshirgan pedagog kadrlar kursni muvaffaqiyatli tugatishdi va ularga malaka oshirish haqida davlat namunasida sertifikatlar berildi.