15-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining yig'ilishlar zalida Markaz tinglovchilari ishtirokida O'zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nur bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
15-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining yig'ilishlar zalida Markaz tinglovchilari ishtirokida O'zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nur bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ijodiy uchrashuvda Akmal Nur yurtimizda badiiy ta'lim rivoji va ravnaq topishi uchun kelajak avlodni tog'ri tarbiyalash kerakligi, buning uchun avvalo pedagoglarning ilmiy va ma'naviy jihatdan yuksak darajada bo'lishi lozimligi hamda bunda Malaka oshirish markazini o'rni kattaligi haqida so'zlab o'tdi.
Shuningdek, tinglovchilar o'zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Eslatib o'tamiz, Markazda bunday ijodiy uchrashuvlar hamda mahorat darslari muntazam tashkil etib boriladi. Unda taniqli ijodkorlar, Xalq rassomlari, professor, akademiklar ishtirok etadi.