Muzeyshunoslik (yo'nalishlar bo'yicha)
Muzeyshunoslik, muzeologiya — muzeylar tarixi, ularning ijtimoiy vazifalari, muzey ishi nazariyasi va metodikasi masalalarini oʻrganadigan fan tarmogʻi. M. tizimiga muzey ishi nazariyasi, muzey ishi tarixi (muzey tarixshunosligi bilan), muzey manbashunosli-g i, muzeylar va muzey tadqiqotlari faoliyatiga doyr barcha oʻziga xos tomonlarni oʻrganuvchi ilmiy metodika kiradi. M. muzey buyumlarini jamlash, muzeyga keluvchilarni oʻrganish jarayonida dala tadqiqotlari usullari va bevosita muntazam kuzatuv ishlari, ijtimoiy usullarni qoʻllaydi. M.ning boshqa fanlar bilan har tomonlama uzviy bogʻliqligi uning obʼyektiv jihatdan murakkabligini belgilaydi. M. ham ijtimoiy, ham tabiiy fanlar bilan birdek bogʻliq, ayniqsa, muzeyning mavzuiga oid fanlar va yordamchi fan sohalari (tarix, arxeologiya, geologiya, etnografiya, adabiyotshunoslik, zoologiya, sanʼatshunoslik va boshqalar) bilan umumiy tomonlari koʻp. M.da muzeylarning tabiat va jamiyatni oʻrganish bilan uzviy bogʻliq boʻlgan manbalarni jamlash, muzey buyumlarini ilmiy hujjatlashtirish, oʻrganish va saqlash, ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil etish, ilmiymaʼrifiy, gʻoyaviytarbiyaviy faoliyati va boshqalarda namoyon boʻladigan ijtimoiy vazifalari ustida tadqiqotlar olib boradi. Muzeylarni toʻldirish, yodgorliklarni hisobga olish, saklash va restavratsiya qilishning ilmiy tamoyillari ishlab chiqiladi.