MARKAZ HAQIDA
О‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yо‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorlini anada oshirishga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida”
2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yо‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2021-yil 21-iyundagi 385-son qarori asosida tashkil etilgan.
Markaz davlat oliy va professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar, bolalar musiqa va san’at maktablarining tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik yо‘nalishlari bо‘yicha pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan ilmiy-metodik va davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Markaz о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuniga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3219-son hamda “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorlini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida” 2020 yil 21 apreldagi PQ-4688-son qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish tо‘g‘risida” 2017 yil 1 dekabrdagi 957-son, “О‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yо‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2021 yil 21 iyundagi 385-son qarorlariga, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tо‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik hujjatlariga hamda ta’limga oid boshqa nomativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.
- Ta’lim turiga tegishliligi: kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- Ta’lim faoliyati yо‘nalishi: tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik;
- Ta’lim olish shakli: kunduzgi, masofaviy;
- Mulkchilik shakli: davlat ta’lim muassasasi
- Muassis: О‘zbekiston Badiiy akademiyasi
Quyidagilar Markazning asosiy maqsadi hisoblanadi:
О‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish hamda ijodkorlarning badiiy salohiyatini oshirish bо‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
jahondagi yetakchi Badiiy ta’lim yо‘nalishdagi ta’lim muassasalari, tashkilotlar, atoqli madaniyat va san’at arboblari bilan ilg‘or tajribalar almashish maqsadida har tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
О‘zbekiston madaniyati va san’atining taraqqiyoti yо‘lida Badiiy ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish;
Badiiy ta’lim yо‘nalishlarida yetuk mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
Badiiy ta’lim yо‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlar hamda bolalar san’atini rivojlantirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
о‘quv jarayonini malaka talablariga muvofiq yuqori ilmiy-uslubiy darajada ta’minlash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, о‘qitishning interaktiv usullari bо‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga kо‘maklashish uchun zarur bо‘lgan kasbiy bilimlar va kо‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish.
Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yо‘nalishlari hisoblanadi:
davlat oliy va professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablarining Badiiy ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
badiiy ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
badiiy ta’lim sohasidagi kadrlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tavsiyalar ishlab chiqish va taqdim etish;
pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari bilan о‘zaro hamkorlik qilish.