DAVLAT TA'LIM TALABLARI
O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASI HUZURIDAGI
BADIIY TAʼLIM YOʻNALISHLARIDA PEDAGOG VA MUTAXASSIS KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH HAMDA ULARNING MALAKASINI OSHIRISHGA QOʻYILADIGAN
DAVLAT TAʼLIM TALABLARI
Kirish
Ushbu Davlat ta’lim talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi (keyingi o‘rinlarda – Badiiy akademiya) tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlashga taqdim etilgan bo‘lib, davlat ixtisoslashtirilgan san‘at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san‘at maktablarining tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik hamda muzeyshunoslik yoʻnalishlari (keyingi o‘rinlarda – badiiy taʼlim yoʻnalishlari)da pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan Davlat taʼlim talablari (keyingi o‘rinlarda – Davlat ta’lim talabalari) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorlini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020 yil 21 apreldagi PQ-4688-son qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017 yil 1 dekabrdagi 957-son, “O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 19-fevraldagi 146-son, “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021 yil 21 iyundagi 385-son qarorlariga, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilik hujjatlariga hamda taʼlimga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Badiiy akademiya huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) davlat ixtisoslashtirilgan san‘at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san‘at maktablarining (keyingi oʻrinlarda – taʼlim muassasalari)ning badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish va o’tkazishning majburiy talablarni belgilaydi.
Markaz buyrugʻi bilan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga qabul qilingan pedagog va mutaxassis kadrlar (keyingi oʻrinlarda – tinglovchilar)ni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan Davlat ta‘lim talablarining bajarilishi idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha badiiy ta’lim yo‘nalishlari mavjud ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan Davlat ta‘lim talablari o‘quv rejalar va dasturlarni, shuningdek, o‘quv jarayoni, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash tartibini, ular faoliyatini attestatsiyadan o‘tkazish tartib-qoidalarini tartibga soladigan boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Ushbu Davlat ta’lim talablari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, ta’lim muassasalarining ehtiyojlaridan, badiiy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda o‘zgartirilishi va to‘ldirilishi mumkin.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STANDARTI
BADIIY TAʼLIM YOʻNALISHLARIDA PEDAGOG VA MUTAXASSIS KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH HAMDA ULARNING MALAKASINI OSHIRISHGA QOʻYILADIGAN
DAVLAT TAʼLIM TALABLARI
1. Qo‘llanish sohasi
1.1. Mazkur Davlat ta’lim talablari Markazga o‘qishga yuborilgan taʼlim muassasalarning badiiy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga qo‘llaniladi hamda quyidagi normalarni belgilaydi:
badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish va o’tkazish mazmuni;
ta’lim tuzilmasi va ta’limni amalga oshirish shartlari;
tinglovchilarning shaxsiy, intellektual, ilmiy, kasbga oid sifatlari hamda ularning huquq va majburiyatlari.
1.2. Davlat taʼlim talablari badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasidagi faoliyatini tashkiliy va oʻquv-uslubiy jihatdan taʼminlash uchun qoʻllaniladi va quyidagilarni belgilaydi:
- qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tuzilmasi;
qayta tayyorlash va malaka oshirishning asosiy turlari va shakllari;
badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan asosiy talablar;
badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning tayyorgarligi saviyasining zaruriy va yetarli darajasini, shuningdek ularga qо‘yiladigan umumiy malaka talablarini;
badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish kurslarining oʻquv yuklamalarining zaruriy hajmini;
taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar;
1.3. Markazda badiiy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tinglovchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish Davlat ta’lim talablari, tegishli qonunchilik hujjatlari va boshqa ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
2. Davlat taʼlim talablarida qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar
buyurtma – davlat tasarrufidagi taʼlim muassasalarining badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarning faoliyatini tizimli tahlil qilish asosida davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan malaka oshirish kurslaridan oʻtishning davriyligi amaldagi qonunchilik hujjatlarda oʻrnatilgan tartibda belgilangan davriyligiga muvofiq keyingi kalendar yil uchun oylar va oʻqish yoʻnalishlari boʻyicha shakllantirilgan tinglovchilarning kontingenti;
buyurtmachi – tasarrufidagi taʼlim muassasalarida badiiy taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, nodavlat taʼlim muassasalari;
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi – yangi kasbiy bilimlar, mahorat, zamonaviy koʻnikmalar hamda pedagogik faoliyatni yuritish uchun malaka talablariga muvofiq oʻquv-taʼlim jarayoniga talab qilinadigan sifatni taʼminlaydigan darajada vakolatlarni nazarda tutadigan oʻqitish shakli;
malaka talablari – qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qoʻyiladigan talablar;
pedagog va mutaxassis kadrlar – taʼlim muassasalarda badiiy taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim-tarbiya hamda oʻquv-amaliy faoliyatini amalga oshiruvchi pedagog va mutaxassis;
qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi — qayta tayyorlash (malaka oshirish)ning tasdiqlangan о‘quv rejasi va dasturlari asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar tizimi;
pedagogning elektron portfoliosi – pedagogning shaxsiy yutuqlari, malaka darajasi va ilmiy-metodik ishlari qayd etilgan elektron tо‘plam. Pedagog xodimning bilimi, kasbiy mahorati hamda о‘z ustida mustaqil ishlashi – uzluksiz malaka oshirish natijalarini baholashga kо‘maklashadi va uning kasbiy malaka darajasini aniqlashga xizmat qiladi;
tinglovchi – taʼlim muassasasi buyrugʻi bilan qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslariga qabul qilingan pedagog va mutaxassis xodim;
masofaviy taʼlim – onlayn (videoma’ruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida о‘tkazish) va offlayn (masofaviy ta’lim tizimidagi tegishli о‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda о‘zlashtirish) shaklida bilim olish jarayoni
yakuniy nazorat – yakuniy test sinovlari va bitiruv malakaviy (kursni tugatish) ijodiy ishining himoyasi natijalari hamda pedagog va mutaxassis kadrlarning elektron portfoliosiga qoʻyilgan baholar yigʻindisi.
3. Markazda pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning maqsad va vazifalari
3.1. О‘quv-tarbiya jarayonini malakaviy talablarga muvofiq yuqori ilmiy-metodik darajada ta’minlash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, о‘qitishning interaktiv usullari bо‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga kо‘maklashish uchun zarur bо‘lgan kasbiy bilim va kо‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish, о‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning yangi tamoyillari va zamonaviy usullari, malaka talablari, normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib borish – badiiy taʼlim yoʻnalishlarida tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining maqsadi hisoblanadi.
3.2. Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining asosiy vazifalari:
tinglovchilarning kasbiy bilimi, kо‘nikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish;
mustaqil fikrlash kо‘nikmalarini singdirish, pedagogik nufuz va kompetentlikni rivojlantirish;
о‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy ishlarni amalga oshirishda ilg‘or ta’lim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasidan foydalanish kо‘nikmalarini mustahkamlash;
tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish bо‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda о‘quv-metodik ishlarni olib borish kо‘nikmalarini shakllantirish;
qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shakllarini amaliyotga joriy etish;
tinglovchilar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni о‘zlashtirish uchun qо‘shimcha shart-sharoitlar yaratish.
4. Badiiy akademiya badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasi
4.1. Badiiy akademiya badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning alakasini oshirish tizimi faoliyati о‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa tashkilotlarning kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasidan foydalanish yо‘li bilan mutaxassislarning malakasini oshirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda Davlat talablari bilan ta’limning tegishli turida kadrlar tayyorlash sifati monitoringi natijasi о‘rtasidagi aksincha aloqa belgilangan holda oldinda yuradigan prinsip asosida quriladi.
4.2. Badiiy akademiya badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishning doimiy ravishda takomillashtirib borilishini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni hal etishga vakolatli bo‘lgan davlat organi hisoblanadi va tasarrufidagi taʼlim muassasalarida badiiy taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, nodavlat taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda quyidagilarni amalga oshiradi:
Markazda o‘quv jarayonini takomillashtirish mexanizmlari va uslublarini belgilash bо‘yicha umumiy rahbarlik qilish va uning faoliyatini muvofiqlashtish;
buyurtma asosida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarini davlat byudjetidan moliyalashtirish uchun О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taklif kiritish;
keyingi kalendar yili uchun davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan malaka oshirish kurslarini, oylar, malaka oshirish shakllari va о‘qish yо‘nalishlari bо‘yicha buyurtmalarni shakllantirish va tasdiqlash;
Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirishning ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi bilan kelishgan holda pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, oʻquv rejalar hamda oʻquv fanlarning (modullarning) dasturlarini tasdiqlash ishlarini amalga oshirish;
Markazda sifat jihatdan yuqori tashkiliy hamda kasbiy darajada mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur axborot-resurs markazi, o‘quv, metodik va moddiy-texnik bazalarni mustahkamlash choralarini kо‘rish;
Markazda tinglovchilarni anʼanaviy va masofaviy tarzda qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibini, oʻqitish turi va shaklini belgilash, malaka oshirishga ehtiyoji mavjud xodimlarning umumiy kontingentini belgilash;
Markazning imkoniyatlarini hisobga olgan holda oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini taʼminlash borasidagi talablarni belgilash;
oʻzlashtirishni baholashga, oʻquv jarayonini, tinglivchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etishga oid normativ-huquqiy xujjatlarni o’rnatilgan tartibda tasdiqlash;
fan, taʼlim va ishlab chiqarishning samarali uygʻunlashtirilishini taʼminlash hamda taʼlim jarayoniga davlat-xususiy sheriklik asosida investitsiyalarni jalb qilishga koʻmaklashish.
Badiiy akademiya pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
4.3. Markaz ilmiy-metodik kengashi o‘z faoliyati doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish kurslarining о‘quv-metodik bazasini shakllantirishni muvofiqlashtirish va tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;
о‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining о‘quv reja va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirishni ta’minlash;
badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish jarayonlarining ilmiy muammolariga yо‘naltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanishlar olib borilishini muvofiqlashtirish;
Markazda dars mashg‘ulotlarini olib boradigan professor-о‘qituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini uzluksiz rivojlantirib borish, о‘quv jarayoniga xorijiy mutaxassislar, olimlar va о‘qituvchilarni jalb etish ishlarini tashkil etish;
Markaz faoliyati natijadorligini muntazam о‘rganib borish va о‘rganish natijalari yuzasidan tegishli takliflar tayyorlash;
badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish kurslari faoliyatini samarali tashkil etish bо‘yicha Markaz xodimlarining hisobotlari muhokamasini tashkil etish, muhokama natijalari yuzasidan Markaz xodimlari faoliyatini baholash.
Markaz ilmiy-metodik kengashi o‘z faoliyati doirasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
4.4. Markaz tinglovchilarning o‘quv faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha quyidagilarni bajaradi:
Badiiy akademiya tomonidan tasdiqlangan oʻquv reja va oʻquv dasturlari asosida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tegishli ishchi oʻquv reja va fanlarning (modullarning) ishchi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarning metodik ehtiyojlarini tо‘laqonli qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayonini mazkur Davlat ta’lim talabalari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshirishni tashkillashtish;
oʻquv jarayoniga tinglovchilarning ijodiy fikrlashlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻqitishning ilgʻor shakllari va usullarini tatbiq qilish;
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interfaol usullar hamda masofaviy taʼlim shakllarini joriy qilishda masofadan о‘qitish usullari asosida badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarni qayta tayyorlash kurslarining tegishli о‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi о‘quv mashg‘ulotlarini onlayn va offlayn shakllarida tashkil etishni yanada takomillashtirish;
tegishli yо‘nalishlar bо‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bо‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish hamda ular bо‘yicha zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratish;
о‘quv-tarbiya jarayonini amaliyot bilan о‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash asosida tinglovchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini sayyor mashg‘ulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta’lim muassasalarida tashkil etish;
Badiiy akademiyaga taʼlim jarayonini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritish, taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion gʻoyalarni amalga oshirish;
malakali oʻqituvchilarni taʼlim jarayoniga jalb etish tizimini takomillashtirish, Markaz oʻqituvchilarining faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish, professor-oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish va yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish;
pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish kursi oʻquv reja va oʻquv dasturlarida belgilangan oʻquv yuklamalarining bajarilishini monitoring qilish;
badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish sifati boʻyicha monitoringni yuritish;
tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirishni amalga oshirish va ushbu tizimni yanada rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish;
qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilg‘or tajribasi, zamonaviy shakllari va usullarini o‘rganish hamda ularni joriy etish asosida o‘quv tarbiya jarayonini uzluksiz takomillashtirib borish;
tinglovchilarning o‘quv mashg‘ulotlarining o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish va ularning sifatli tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etish;
har yili kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida taʼlim olayotgan tinglovchilar kontingentini belgilash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni taʼminlash;
innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qо‘llash, masofadan о‘qitish, mustaqil ta’lim olishni kengaytirish, texnika va texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish;
tinglovchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish, ularni talab darajasida о‘tkazish, ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlash hamda tinglovchilarning yashashi uchun sharoit yaratish;
malaka oshirish kurslaridan о‘tish jadvali (ro‘yxat) har yili 15 dekabrga qadar Markaz tomonidan tasdiqlanadi hamda buyurtmachilarga yetkaziladi;
badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
5. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari
5.1. Qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim tashkilotidagi о‘quv-ustaxonalari, axborot-resurs markazlari, sog‘lomlashtirish va maishiy xizmat kо‘rsatish shoxobchalaridan foydalanish huquqiga ega.
5.2. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining tinglovchisi quyidagi sabablarga kо‘ra tinglovchilar safidan chetlashtiriladi:
intizomni va markazning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
qayta tayyorlash kursidagi dars mashg‘ulotlarini uzrli sabablarsiz 36 soat, malaka oshirish kurslarida — 12 soat dars qoldirgani uchun;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
tinglovchiga nisbatan sudning hukmi asosida;
qayta tayyorlashda shartnoma asosida о‘qitish uchun belgilangan miqdordagi tо‘lovni о‘z vaqtida amalga oshirmaganligi uchun;
vafot etganligi sababli.
5.3. Tinglovchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursidan chetlatish tо‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab uch kun ichida unga chetlatish sabablari kо‘rsatilgan holda ma’lumotnoma beriladi, shuningdek, bu haqida uni malaka oshirishga yuborgan buyurtmachiga tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan ma’lum qilinadi.
5.4. Malaka oshirish kursidan chetlatilgan tinglovchi buyurtmachi tomonidan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi tartibida bir oydan sо‘ng qayta malaka oshirishga yuboriladi.
5.5. Pedagog va mutaxassis kadr asosiy ish joyi bо‘yicha belgilangan muddatda (joriy yil davomida) malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz о‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Mazkur xodimning ta’lim muassasasida о‘z lavozimidagi faoliyatini davom ettirishi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida о‘z malakasini oshirgan bо‘lishi talab qilinadi.
5.6. Badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlar uch yilda kamida bir marta doimiy asosda malaka oshirishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha malakasini oshirishi talab etiladi.
6. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish shakllari
6.1. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ta’lim olishning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
an’anaviy (ish faoliyatidan ajralgan holda) ta’lim, o‘quv reja, o‘quv dasturlariga muvofiq tinglovchilar tomonidan zarur bilim, malaka ko‘nikmalarini Badiiy akademiya boshqaruvida yoki xo‘jalik yurituvida bo‘lgan yoki boshqa belgilangan hududlardagi ta’lim obektlaridan bevosita foydalangan holda ta’lim olish;
masofaviy (ishlab chiqarishdan ajralmagan holda) o‘quv reja, o‘quv dasturlariga muvofiq tinglovchilar tomonidan zarur bilim, malaka ko‘nikmalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda internet jahon axborot tarmoqlaridan foydalangan holda masofadan turib ta’lim olish;
6.2. Mashg‘ulotlarning bir qismi tinglovchilar bilan kontakt-sessiyalar (auditoriyadagi yuzma-yuz muloqot) tarzida amalga oshirilishi mumkin.
6.3. Masofadan о‘qitish shakli bо‘yicha о‘qitish jarayonida tinglovchilar faoliyati nazorati, markaz tomonidan amalga oshiriladi.
6.4 Masofadan turib amalga oshiriladigan о‘quv kursi dasturini tо‘liq о‘zlashtirgan tinglovchilar markaz tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi.
6.5. Markazda Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ta’lim olishning dual ta’lim, mustaqil ta’lim malaka oshirishning muqobil shakllaridan ham foydalanishi mumkin.
Bunda:
Dual ta’lim о‘quv kursining nazariy qismini tinglovchi tomonidan markazda, amaliy qismini esa ish joyida amalga oshirishni nazarda tutadi.
6.6. Mustaqil ta’lim pedagog va mutaxassis kadrlar tomonidan о‘z lavozimi va mutaxassisligi bо‘yicha yangi bilim, kо‘nikma va malakalarni ta’lim oluvchi tomonidan tuzilgan uzluksiz kasbiy ta’lim trayektoriyasi asosida mustaqil о‘zlashtirishni nazarda tutadi.
6.7. Pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy ehtiyojlariga kо‘ra mustaqil malaka oshirishi elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
6.8. Pedagog va mutaxassis kadrlar layoqati va salohiyati davlat ta’lim talablari, malaka talablari va kasbiy standartlar asosida tayyorlangan nazorat materiallaridan foydalangan holda elektron platforma orqali diagnostika qilinadi.
6.9. Diagnostika natijalariga kо‘ra aniqlangan kasbiy ehtiyojlar asosida pedagog va mutaxassis kadrlarning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi.
6.10. Pedagog va mutaxassis kadrlarning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos ravishda ular tomonidan о‘zlashtirilishi tavsiya etiladigan о‘quv modullari majmuasi aniqlanadi va Pedagog va mutaxassis mazkur majmuaga kiritilgan о‘quv materiallarini mustaqil о‘zlashtiradi.
6.11. Mustaqil ta’limda kursning davomiyligi akademik soatlarda belgilanadi, kursning amaldagi davomiyligi tinglovchining о‘quv modullarini о‘zlashtirishiga bog‘liq bо‘ladi.
6.12. Elektron platforma har bir о‘quv moduli ta’lim oluvchi tomonidan о‘zlashtirilishini nazorat qiladi, baholaydi va о‘zlashtirilgan fanlar (modullar) bо‘yicha baho (ballarni) jamlab boradi.
6.13. Muqobil (ta’lim dasturlarisiz malaka orttirish) shakllari quyidagilardan iborat:
darslikka mualliflik qilish;
doktorlik ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilish;
xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-ijodiy anjuman (seminar, konferensiya, simpozium va boshqa)larda ma’ruza bilan ishtirok etish;
ilmiy-tadqiqot natijalari asosida xalqaro indeksatsiyalangan bazalarda (Scopus, Web of Science) e’tirof etilgan jurnallarda mutaxasisligi bo’yicha maqola nashr etish.
О‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi ilmiy unvoniga ega bо‘lgan pedagok kadrlar;
«О‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni hamda Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishda alohida xizmat kо‘rsatgan xalq ustalari;
“О‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoniga ega bо‘lgan professor-о‘qituvchilar.
Rо‘yxati Badiiy akademiya tomonidan tasdiqlanadigan boshqa faoliyatlar.
6.14. Muqobil malaka oshirish shakllarining rо‘yxati ularga beriladigan ballari miqdori kо‘rsatilgan holda Badiiy akademiya tomonidan tasdiqlanadi.
6.15. Muqobil malaka oshirish shakllarida shug‘ullanish natijalari ballari miqdorini umumlashtirilgan holda hisobga olinadi.
6.16. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslaridagi о‘quv jarayoni Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan mashg‘ulotlar jadvali asosida olib boriladi. Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.
6.17. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslaridagi о‘quv mashg‘ulotlari:
ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar, yakka tartibdagi mashg’ulot, tajriba almashish darsi, trening, interfaol mashg‘ulotlar va boshqa shakllarda olib boriladi;
tasdiqlangan о‘quv rejalari hamda dasturlariga mos ravishda tuzilgan va bir nechta о‘quv fannii (modullarini) о‘z tarkibiga olgan о‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
6.18. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi qayta tayyorlanadigan va malaka oshiradigan pedagog va mutaxassis kadrlarining lavozimlar va mutaxassisliklar nomenklaturasi Badiiy akademiya tomonidan belgilanadi.
7. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarning kasbiy rivojlantirish turlari
7.1. Pedagog va mutaxassis kadrlarni kasbiy rivojlantirish qayta tayyorlash va malaka oshirish orqali amalga oshiriladi.
7.2. Pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlashning maqsadi — mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning о‘zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olgan holda badiiy ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan oliy ma’lumotli, lekin tegishli pedagogik yoki kasbiy ma’lumotga ega bо‘lmagan xodimlarning qо‘shimcha ixtisoslik bо‘yicha kasbiy bilim va kо‘nikmalarini mavjud davlat ta’lim standartlari yoki davlat ta’lim talablari asosida shakllantirishdan iborat.
7.3. Pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash yangi lavozimga tayinlash yoki mutaxassislikning malaka tasnifiga muvofiq keyinchalik professional faoliyatning yangi turini bajarish maqsadida yangi kasbiy bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirishga yо‘naltiriladi.
7.4. Pedagog va mutaxassis kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) — oliy pedagogik ma’lumotli mutaxassislar tomonidan ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan о‘qitishning talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada о‘quv fani yoki kurs bо‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va kо‘nikmalarni о‘zlashtirish.
7.5. Pedagogik ma’lumotga ega bо‘lmagan boshqa soha mutaxassislariga pedagogik faoliyat olib borishi uchun sohasiga mos fandan kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlashdan о‘tishi talab qilinadi.
7.6. Pedagog hamda mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash, о‘quv rejalariga yangi о‘quv fanlari yoki kurslar joriy etilishi, buyurtmachilar yoki mehnat bozorining talablari bilan belgilanadigan ayrim pedagog hamda mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvi yoki yangi mutaxassislikka ega bо‘lishi munosabati bilan yuzaga kelgan ehtiyojlarga kо‘ra tashkil etiladi.
7.7. Vaqtincha ishlamaydigan Pedagog va mutaxassis kadrlar ham о‘z xohishiga kо‘ra qayta tayyorlash kurslarida о‘qishi mumkin.
7.8. Pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash ularning ehtiyojlari va murojaatlariga binoan tо‘lov shartnomalari asosida tashkil etiladi. Tо‘lovlar qayta tayyorlash kursi tinglovchisi yoki homiy (yuridik yoki jismoniy shaxslar)lar tomonidan shartnomada kо‘zda tutilgan muddatlar va miqdorlarda amalga oshiriladi.
7.9. Qayta tayyorlash buyurtmachining yakka tartibdagi topshirig‘i yoki aniq yо‘naltirilgan dasturi asosida, davlat ta’lim talablari, shuningdek ta’limni boshqarish bо‘yicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturlar bо‘yicha amalga oshiriladi.
7.10. Qayta tayyorlashga ikkinchi oliy ta’limni olish sifatida qaralmaydi, qayta tayyorlash natijasida beriladigan hujjat (diplom) faqat muayyan lavozimda faoliyat kо‘rsatish yoki muayyan fanlar bо‘yicha о‘quv mashg‘ulotlari olib borish huquqini beradi.
7.11. Pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash Badiiy akademiya, hamda mutassaddi vazirliklari tomonidan tasdiqlanadigan о‘quv rejalari va о‘quv dasturlari bо‘yicha amalga oshiriladi. О‘quv yuklamasini rejalashtirishda tinglovchilarning mustaqil ishlashiga alohida e’tibor qaratiladi.
7.12. Qayta tayyorlash dasturlarini о‘zlashtirish muddati о‘quv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib belgilanadi va u kamida 576 soatni tashkil qiladi. Auditoriya mashg‘ulotlari haftalik yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
7.13. Markaz qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishda quyidagilarni amalga oshiradi:
buyurtmachilar ehtiyoji va yakka shaxslarning murojaatlariga kо‘ra qayta tayyorlash kurslariga buyurtmalarni shakllantiradi;
qayta tayyorlash kurslarida о‘qish istagini bildirgan talabgor-tinglovchilarga doir hujjatlarni (familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi oliy ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom bо‘yicha mutaxassisligi, qayta tayyorlash yо‘nalishiga mosligi) tо‘liq о‘rganadi va tegishli xulosani tayyorlaydi;
qayta tayyorlash kurslari uchun tayanch о‘quv rejasi va о‘quv dasturlari asosida о‘quv-metodik materiallar (ishchi о‘quv rejasi, ishchi dasturlar, о‘quv-metodik majmualar)ni tayyorlaydi.
7.14. Markaz rahbari qayta tayyorlash kurslari belgilangan talablar va tartibga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
7.15. Qayta tayyorlash jarayonida guruhdagi kurs tinglovchilarining soni 25 nafardan oshmasligi lozim.
7.16. Qayta tayyorlash kurslaridagi о‘quv jarayoni tayanch о‘quv rejalariga mos ravishda tuzilgan va har biri bir nechta о‘quv fanini (modullar) о‘z tarkibiga olgan bloklardan iborat ishchi о‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
7.17. Qayta tayyorlash kurslaridan о‘tuvchi xodimlar markaz direktorining buyrug‘i bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi.
7.18. Qayta tayyorlash kursi tinglovchisi kursning о‘quv rejasida kо‘zda tutilgan barcha nazorat turlarida (oraliq, yakuniy va boshqalar) ijobiy natija kо‘rsatsa, kursning о‘quv dasturi tо‘liq о‘zlashtirilgan hisoblanadi. Oraliq nazorat topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchi yakuniy nazoratga qо‘yiladi.
7.19. Oraliq nazoratlarda yetarli ball tо‘play olmagan tinglovchiga 1 oy muddat davomida qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Belgilangan muddatlarda oraliq nazoratni qayta topshira olmagan tinglovchi tinglovchilar safidan chiqariladi.
7.20. Yakuniy attestatsiyani о‘tkazish uchun markaz direktori tegishli buyruq bilan yakuniy attestatsiya komissiyasini tashkil etadi.
7.21. Yakuniy attestatsiya yakuniy nazorat sinovlari va bitiruv ishini himoya qilish orqali о‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovlaridan muvaffaqiyatli о‘tgan tinglovchilarga bitiruv ishini himoya qilishga ruxsat beriladi.
7.22. Yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli о‘tgan tinglovchilarga davlat namunasidagi hujjat (diplom) beriladi.
7.23. Yakuniy attestatsiya sinovlarida yetarli ball tо‘play olmagan yoki uzrli sabablarga kо‘ra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tili, xizmat safarida bо‘lish va boshqalar) qatnasha olmagan tinglovchilarga bir yil davomida qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Agar navbatdagi kurslar bir yil mobaynida tashkil etilmasa, alohida yakuniy attestatsiya komissiyasi tuzilishi mumkin.
7.24. Yakuniy attestatsiya sinovlarini qayta topshirish natijalari salbiy bо‘lgan taqdirda, tinglovchiga kursni tugatganlik tо‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi va bir yil davomida tо‘lov-shartnoma asosida qayta topshirishga ruxsat beriladi.
7.25. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlashda masofaviy ta’lim shaklini qо‘llash qayta tayyorlash tо‘la dasturini va qayta tayyorlash kurslari dasturining muayyan qismini masofaviy ta’limni amalga oshirish vositalaridan foydalanib tashkil etishni nazarda tutadi.
7.26. Qayta tayyorlashning masofaviy shakli bо‘yicha kurslar Badiiy akademiya bilan kelishgan holda, Markaz tomonidan maxsus virtual kurslar faoliyat kо‘rsatadigan, axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish uchun zarur baza bilan jihozlangan moddiy-texnikaviy, о‘quv-uslubiy baza va salohiyatli kadrlar bilan ta’minlangan holatda tashkil etiladi.
7.27. Markaz xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq tо‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar о‘qituvchi hisobiga tо‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar о‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.
7.28. Pedagog va mutaxassis kadrlarning malakasini oshirishning maqsadi — badiiy ta’limi tizimida malaka darajasiga ortib borayotgan talablar va kasbiy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy usullarini о‘zlashtirish zarurati bilan bog‘liq holda nazariy va amaliy bilimlarini yangilashdan iborat.
7.29. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlar malakasini oshirish kursi tasarrufidagi taʼlim muassasalarida badiiy taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, nodavlat taʼlim muassasalari bilan kelishgan holda Badiiy akademiya tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 144 soat hajmdagi oʻquv dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi.
7.30. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarning malakasini oshirish Badiiy akademiy tomonidan tasdiqlanadigan о‘quv rejalari va о‘quv dasturlari bо‘yicha amalga oshiriladi. О‘quv yuklamasini rejalashtirishda tinglovchilarning mustaqil ishlashiga alohida e’tibor qaratiladi.
7.31. Malaka oshirishning bevosita shaklida bir haftadagi oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi 36 soatni (bir kunga 6 soat) tashkil etadi.
- Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.
7.33. Pedagog va mutaxassis kadrlar uning mehnat ta’tili yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrida malaka oshirishga jalb qilinmaydi.
7.34. Buyurtmachilar (tasarrufidagi taʼlim muassasalarida badiiy taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, nodavlat taʼlim muassasalari) markazning malaka oshirish kurslarini tashkil etish bо‘yicha rejasiga binoan pedagog va mutaxassis kadrlarni malaka oshirsh kursiga belgilangan muddatda yetib borishlarini ta’minlaydi.
7.35. Malaka oshirishga yuborilgan pedagog va mutaxassis kadrlar markaz direktorining buyrug‘i bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi. Tinglovchilar guruhini shakllantirish, kursning о‘quv rejasi va dasturlarini ishlab chiqishda pedagog va mutaxassis kadrlarning bazaviy ma’lumoti, mutaxassisligi, toifasi va egallab turgan lavozimlari, shuningdek, kasbiy ehtiyojlari hisobga olinadi.
7.36. Qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslaridagi o‘quv jarayoni ta’lim muassasalaridan taqdim etilgan yillik buyurtmanomalar bo‘yicha guruhlarning to‘ldirilishiga bog‘liq holda tinglovchilar soni 15 nafardan kam bo‘lmagan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Istisno tariqasida:
tinglovchilar kontingenti yetarli bo‘lmagan yo‘nalishlarda, jumladan, tinglovchilar kontingenti bir guruh meyorida yig‘ilmaydigan kam sonli alohida ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklarida o‘quv jarayonini tashkillashtirishda bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin;
yil davomida 5 nafargacha tinglovchilar yig‘ilmaydigan alohida ta’lim yo‘nalishlarida malaka oshirish guruhi mavjud holatdan kelib chiqib, Badiiy akademiya bilan kelishgan holda Markaz buyrug‘i bilan tinglovchilar soni
5 nafardan kam guruh shakllantirilishi yoki ular uchun malakasini oshirish masofadan o‘qitish usullari orqali amalga oshirilishi mumkin.
7.37. Ta’lim muassasalari pedagog va mutaxassis kadrlari tarkibidagi uch yoshga to‘lmagan yosh bolasi bo‘lgan ayollar, pensiya yoshidagilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar markaz ilmiy-metodik kengashining tavsiyasiga ko‘ra, Badiiy akademiya bilan kelishgan holda, masofadan o‘qitish shakllari orqali amalga oshiriladigan malaka oshirish kurslarining reja-jadvaliga kiritiladi.
7.38. Malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, ularni talab darajasida о‘tkazish, ta’lim samaradorligini ta’minlash hamda tinglovchilarning yashashi uchun shart-sharoitlar yaratish markaz direktori zimmasiga yuklatiladi.
7.39. Malaka oshirish kursi tinglovchisi kursning о‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha nazorat turlarida ijobiy natija kо‘rsatsa, kursning о‘quv dasturi tо‘liq о‘zlashtirilgan hisoblanadi.
7.40. Nazoratlarda yetarli ball tо‘play olmagan tinglovchiga kurs davomida qayta topshirishga imkoniyat beriladi.
7.41. Malaka oshirish kursi dasturini tо‘liq о‘zlashtirgan tinglovchilarga markaz tomonidan davlat namunasidagi malaka oshirish haqidagi sertifikat yoki elektron generatsiya qilingan va elektron imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtrixkod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) beriladi
8.1. Qayta tayyorlash bо‘yicha ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli bajargan pedagog va mutaxassis kadrlarga tegishli ravishda davlat namunasidagi qayta tayyorgarlikdan о‘tgani haqidagi diplom (belgilangan hajmdagi ta’lim dasturlarini bajargan shaxslar uchun) beriladi.
8.2. Malaka oshirish bо‘yicha ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli bajargan pedagog va mutaxassis kadrlarga tegishli ravishda davlat namunasidagi malaka oshirish haqidagi sertifikat (kamida 144 soat xajmidagi ta’lim dasturlarini bajargan shaxslar uchun) beriladi.
8.3. Diplom va sertifikatlarni rasmiylashtirish tartibi Badiiy akademiya tomonidan tasdiqlanadi.
- Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish qoʻyiladigan talablar
9.1. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdagi ta’lim jarayonining mazmuni va sifatiga qо‘yiladigan davlat ta’lim talablari «Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi hamda ularda ta’lim jarayonini tashkil etishni, uning mazmunini, metodik ta’minlashni, sifat va samaradorligini oshirishni takomillashtirishga doir talablar qо‘yiladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, ulardagi bilim va amaliy mahoratning mazkur kadrlarga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limi mazkur Davlat ta’lim talablariga muvofiq ishlab chiqilgan namunaviy (tayanch) о‘quv rejalar va dasturlar asosida tashkil etiladi.
9.3. О‘quv dasturi fan, texnika, texnologiyaning sо‘nggi yutuqlariga muvofiq tashkil etilishi hamda ta’lim tizimida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash talablariga mos kelishi kerak.
9.4. О‘quv dasturida ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil izlash va ularni о‘zlashtirish nazarda tutilishi lozim.
9.5. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi о‘quv jarayoni namunaviy (tayanch) о‘quv rejalar va dasturlar asosida ishlab chiqilgan maqsadli ishchi о‘quv rejalari va ishchi dasturlari asosida amalga oshiriladi.
9.6. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning mazmuni va sifatiga qо‘yiladigan talablar tegishli ta’lim dasturlari bilan belgilanadi.
9.7. Quyidagilar qayta tayyorlash va malaka oshirish bо‘yicha ta’lim dasturlari mazmuniga qо‘yiladigan bazaviy talablar hisoblanadi:
kasblar va lavozimlarga bо‘lgan kasbiy malaka talablariga muvofiqlik;
ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlarini bilishga qaratilganlik;
qayta tayyorlash va malaka oshirishga jamiyat buyurtmasi va shaxs ehtiyojining uyg‘unligi;
ta’lim turlari va bosqichlari bо‘yicha davlat ta’lim talablari (davlat ta’lim standartlari)ning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilganlik;
tinglovchilarning kasbiy bilimlarini yangilash va chuqurlashtirishga qaratilganlik;
yangi, qо‘shimcha kasbiy malaka va kо‘nikmalarni hosil qilish va takomillashtirishga qaratilganlik;
ta’lim-tarbiyaning samarali usullari, texnologiyalarini egallash, takomillashtirishga qaratilganlik;
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishni nazarda tutish;
davlat ta’lim talablari xajm va mazmunining qayta tayyorlash va malaka oshirish muddatlariga muvofiqligi.
9.8. Malaka oshirish (qayta tayyorlash) bо‘yicha ta’lim dasturlari tegishli bazaviy maqsadlar va malakaviy (bitiruv) ishlar mazmuni bilan tugallanadi.
9.9. Qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari hamda o‘quv dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
dasturlar mazmunining qayta tayyorlash va malaka oshirish turlari hamda shakllariga muvofiqligi;
o‘qitish jarayonining zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yo‘naltirilganligi;
egallagan lavozimlariga bo‘lgan kasbiy malaka talablariga muvofiqligi.
9.10. Tinglovchilarni mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorlash va malakasini oshirishning o‘quv reja va dasturlari tarkiban badiiy taʼlim yoʻnalishlarini qamrab oladi.
9.11. Xorijiy davlatlar bilan o‘zaro kelishuv asosida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish hamda ular bilan o‘quv yig‘inlarini o‘tkazish Markaz va ular tomonidan o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida tartibga solinadi.
9.12. Markaz tinglovchilar bilan mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida o‘rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasalari va davlat idoralari, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning malakali mutaxassislari o‘quv jarayonlariga o‘zaro tuzilgan shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
9.13. Davlat taʼlim talablari badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishning asosiy shakllari va tartibini belgilaydi, shuningdek, taʼlim sifatini nazorat qilish va baholash, ular faoliyatini attestatsiyadan oʻtkazish tartib-taomillarini, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini hamda oʻquv jarayonini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
8.14. Davlat ta‘lim talablarining bajarilishi idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
9.15. Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslar roʻyxati Badiiy akademiya tomonidan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar klassifikatoriga muvofiq shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
9.16. Davlat taʼlim talablariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar belgilangan tartibda Markaz, buyurtmachi va taʼlim muassasalarining ehtiyojlari, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oʻqitishning noanʼanaviy shakllari, ilgʻor xorijiy tajriba hamda tendensiyalar rivojlanishini hisobga olgan holda kiritiladi.
9.17. Tinglovchilar tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻtkazib yuborilgan dars soatlari Markaz tomonidan belgilangan tartibda qayta oʻzlashtiriladi.
9.18. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining yakunida tinglovchilarning о‘zlashtirishini baholash Markaz ilmiy-metodik kengashi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirishga qoyiladigan talablar mazmuni
10.1. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirishga qо‘yiladigan talablar majmuasi ta’lim oluvchilar (tinglovchilar) tayyorgarligining yetarli, minimal zarur saviyasini belgilab beradi.
10.2. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limi mazmuni ta’lim tizimiga “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, jamiyat va davlatning davr talabiga mos taraqqiyoti shakllantirayotgan ijtimoiy buyurtmasi bilan belgilanadi hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tomonidan kafolatlanadi.
10.3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazdagi о‘quv-tarbiya ishlari qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limining namunaviy (tayanch) о‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
10.4. Mazkur talablar о‘quv fanlari (modullari) sohalari rо‘yxatini, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limining minimal mazmunini, namunaviy (tayanch) о‘quv rejasi vositasida о‘qish davri davomiyligini belgilab beradi.
11. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limining tayanch
о‘quv rejalari
11.1. Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limining tayanch о‘quv rejalari Davlat ta’lim talablarining tarkibiy qismi bо‘lib, u ta’lim sohalarini meyorlashga hamda tegishli ta’lim muassasalarning moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bо‘ladigan Davlat hujjatidir.
11.2. Tayanch о‘quv rejasi ta’lim sohalari (о‘quv fanlari) bо‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini tinglovchilarga yetkazish uchun ajratilgan о‘quv soatlarining minimum hajmdagi miqdorini ifodalaydi. U har bir qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursida muayyan soha yо‘nalishi buyicha Davlat ta’lim talablariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini belgilaydi.
11.3. Tayanch о‘quv rejasi О‘zbekiston Respublikasi hududida qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasidagi umumiylikni ta’minlaydi, markaz tinglovchilari tomonidan bilim, kо‘nikma va malakalarning Davlat ta’lim talablari(standarti)da belgilab berilgan minimum miqdorini egallashlarini kafolatlaydi.
- Qayta tayyorlash ta’limining tayanch о‘quv rejasi quyidagi har biri bir-nechta о‘quv fanlarini о‘zida mujassamlashtirgan о‘quv bloklaridan tashkil topgan bo’lib, tayanch о‘quv rejasiga kiritilgan ta’lim sohalari (о‘quv bloklari) tarkibiga kiruvchi о‘quv fanlari (modullari) Davlat ta’lim talablari asosida tuzilgan dasturlarga binoan о‘qitiladi.
11.5. Tegishli qayta tayyorlash kursining tayanch о‘quv rejasidagi ta’lim sohalari (о‘quv bloklari) tarkibiga kiruvchi fan (о‘quv modul)lari va ularning soni kursning yо‘nalishi, qayta tayyorlash yо‘nalishiga mos bakalavriat yо‘nalishining tayanch о‘quv rejasi asosida shakllantiriladi. Shu sababli turli yо‘nalishdagi qayta tayyorlash kurslari uchun tegishli tayanch о‘quv rejalarida ta’lim sohalariga turlicha nisbatda (proporsiyada) о‘quv soatlari ajratilishi mumkin.
11.6. Mаlаkа oshirish tа’limining tаyanch о‘quv rejаsi quyidаgi hаr biri bir-nechtа о‘quv fаnlаrini о‘zidа mujаssаmlаshtirgаn о‘quv bloklаridаn tаshkil topgаn bo’lib, tаyanch о‘quv rejаsigа kiritilgаn tа’lim sohаlаri (о‘quv bloklаri) ulаrning tаrkibigа kiruvchi о‘quv fаnlаri (modullаri) Dаvlаt ta’lim tаlаblаri аsosidа tuzilgаn dаsturlаrgа binoаn о‘qitilаdi.
11.7. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlar mаlаkаsini oshirish tа’limining tаyanch о‘quv rejаsidа tа’lim sohаlаrigа (о‘quv bloklаrigа) bаrchа toifаdаgi kurslаr uchun bir xil nisbаtdа (proporsiyadа) о‘quv soаtlаri аjrаtilgаn.
11.8. Mаlаkа oshirish kurslаri tаyanch о‘quv rejаlаridаgi о‘quv bloklаri tаrkibigа kiruvchi о‘quv modullаri vа ulаrning soni tinglovchining kаsbi, lаvozimi, mаlаkа tаvsiflаri vа mаlаkа oshirish tа’limigа qо‘yilgаn Dаvlаt ta’lim tаlаblаridаn kelib chiqib shаkllаntirilаdi.
12.1. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassislarning kasbi va lavozimi xususiyatlaridan kelib chiqib qator kompetensiyalarni egalaganliklari talab qilinadi.
12.2. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassislar
- ommunikativ kompetentsiya;
- xborot kommunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik
- ;
- ‘zini-о‘zi rivojlantirish, о‘z ustida ishlash kompetensiyasi;
- as’uliyat va moslashuvchanlik kompetensiyasi;
- nklyuziv ta’limni joriy etish kompetensiyasi;
huquqiy kompetentligi.
- Kommunikativ kompetentlik kо‘rsatkichlari
о‘zgalar fikrini hurmat qilishni namoyish eta olish;
о‘zgalar fikriga ta’sir etuvchi (ishontira olish, tо‘g‘rilash, fikrni qarama-qarish qо‘yish) muloqot maneralarini tanlay olish;
о‘zgalarning huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga hamda о‘zaro munosabatlarni о‘rnatishga qaratilgan (qо‘llab-quvvatlash, konstruktiv, ruxlantiruvchi) muloqot shakllarini tanlay olish;
ta’lim jarayoni sifatini oshirish va ta’lim oluvchilarning о‘quv extiyojlarini qondirish maqsadida о‘z hamkasblari bilan axborot kommunikatsiyatexnologiyalarining turli vositalari yordamida aloqa о‘rnata olish va hamkorlik qilish;
ta’lim sifatini oshirish maqsadida global tarmoqdagi turli pedagogik hamjamiyatlarda ishtirok etish;
о‘zgalar bilan о‘zaro hurmat asosiga qurilgan munosabatlarni о‘rnata olishi;
о‘zini tutishda, boshqalar bilan munosabatga kirishishda, qaror qabul qilishda va resurslarni boshqarishda ahloq normalariga rioya etish;
milliy qadriyatlarni, shaxs erkinligi va uning mas’uliyati, ijtimoiy adolatni himoya qila olish.
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik kompetentligi kо‘rsatkichlari:
axborot kommunikatsiyatexnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ta’lim strategiyalarini joriy etish;
ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiyatexnologiyalaridan foydalanishning ijtimoiy, huquqiy va ahloqiy normalari ahamiyatini tushunish, ulardan havfsizlikni ta’minlagan holda foydalanish va ushbu yо‘nalish bо‘yicha tegishli yо‘riqnomalarni ishlab chiqish;
ta’lim mazmuniga mos bо‘lgan axborot kommunikatsiyatexnologiyalarini о‘qitish vositasi sifatida ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning turli samarali strategiya va yondashuvlarini rejalashtirishh;
ta’lim muassasa faoliyatini va о‘quvchilar kompetensiyasini baholashning samarali usullarini joriy etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish;
ommaviy axborot vositalaridagi media kontentni tushunish, media savodxonlik elementlarini о‘zida mujassam etgan holda ularni о‘quvchilarda shakllantirish yо‘llarini bilish;
turli shakllar va vositalar orqali axborotlarni tahlil etish, baholash, qayta ishlash va yangi ma’lumotlarni yaratish.
- О‘zini-о‘zi rivojlantirish, о‘z ustida ishlash kompetentligi kо‘rsatkichlari:
о‘z kasbiy mahoratini oshirish rejasini tuza olishi;
kasbiy rivojlanishiga oid manbalarni aniqlay olishi, о‘zining va ishlaydigan muassasasi extiyojlaridan kelib chiqib kasbiy malakasini oshirish bо‘yicha о‘quvlarni tanlay olishi va ularda ishtirok etish;
axborot kommunikatsiyatexnologiyalari va global tarmoq resurslaridan foydalangan holda doimiy tarzda о‘z kasbiy malakasini oshirib borish;
boshqaruv usullari, ta’lim va axborot texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanishga oid innovatsiyalar bilan tanishib borish;
kasbiy (mutaxassislik) faoliyatini takomillashtirishda turli texnologiyalardan foydalanish;
о‘z kasbiy bilim va mahoratini oshirish hamda takomillashtirishda kollegial forumlardagi muhokamalarda ishtirok etish.
- Mas’uliyat va moslashuvchanlik kompetentligi kо‘rsatkichlari:
ta’lim jarayonida yuz berayotgan turli о‘zgarishlarga va yangilanish jarayonlariga tez va oson moslasha olish;
ta’limdagi yangi yondashuv va strategiyalarni qabul qila olish, ularni egallash va о‘z kasbiy amaliyotiga joriy eta olish;
turli xil yangi vazifalar va mas’uliyatlarni qabul qila olish;
о‘ziga, jamoaga va jamiyatga nisbatan mas’uliyatli bо‘lish;
о‘ziga va kasbdoshlariga nisbatan yuqori marra va standartlarni belgilash va ularga erishish.
har bir о‘quvchining о‘zlashtirishi va muvaffaqiyatli ta’lim olishiga mas’uliyatni о‘z zimmasiga olish;
ta’lim jarayonining markaziga о‘quvchini qо‘yish va har bir о‘quvchining о‘zlashtirish va muvaffaqiyatli bо‘lishi uchun mas’uliyatni о‘z zimmasiga olish.
- 2.5. Inklyuziv ta’limni joriy etish kompetentligi kо‘rsatkichlari:
imkoniyati cheklangan о‘quvchilarni ta’lim berishda ularning ta’lim olishlarini qо‘llab-quvvatlashning turli strategiyalarini bilishi;
imkoniyati cheklangan о‘quvchilarni ta’lim jarayoniga ishtirok etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish va joriy etish;
tarbiyasi og‘ir о‘quvchilar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammolarni samarali hal eta olish.
- Huquqiy kompetentlik kо‘rsatkichlari:
qonunchilik normalarini bilish hamda ularga og‘ishmay rioya qilish;
ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda samarali foydalana olish;
о‘z kasbiy faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
bolalarning huquqlari tо‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va ularga rioya qilish.
Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarning mehnat faoliyatiga bog‘liq bо‘lgan xususiy kompetensiyalar mavjud:
pedagogik kompetentlik;
o‘quvchi(tarbiyalanuvchi)larning kompetensiyalarini holisona baholash kompetentligi.
- Pedagogik kompetentligi kо‘rsatkichlari:
ta’lim oluvchilarning jismoniy, ijtimoiy va intellektual rivojlanish qonuniyatlarini bilish va ulardan kelib chiqib ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan turli yondashuvlar, strategiya, texnologiya va metodlardan foydalana olish;
ta’lim oluvchilarning ta’limiy ehtiyojlarini qondirishda о‘qitishning differensiallashgan yondashuvlaridan foydalana olish;
ta’lim mazmuni va strategiyalarini tushunishini namoyish qila olish;
- avlat ta’lim talablari, о‘quv dasturlari va baholash mezonlarini inobatga olgan holda dars rejalarini tuza olish;
ta’lim oluvchilarda kechadigan kognitiv jarayonlarni yaxshi bilishi;
turli ta’lim yondashuvlari, strategiyalari, texnologiya va metodlarini tushunish va farqlay olish;
ota-onalarni ta’lim jarayoniga jalb etishning turli strategiyalarini bilish;
ta’lim oluvchilar jamoasini boshqarish va ular о‘rtasida turli tadbirlarni tashkil eta olish;
о‘z fani bо‘yicha о‘qitishning texnik-didaktik vositalarini bilish;
о‘quv (mashg‘ulot) xonalari, kabinetlari va laboratoriyalarining namunaviy jihozlanish normativlarini bilish va ulardan samarali foydalana olish; - tegishli jihoz, vosita va didaktik materiallardan foydalangan holda dars mashg‘ulotlarini mahorat bilan о‘tkazish.
12.3.2. О‘quvchi(tarbiyalanuvchi)larning kompetensiyalarini xolisona baholash mahorati kо‘rsatkichlari:
ta’lim oluvchilar bilimlari va kompetensiyalarini baholashning turli
10 strategiyalaridan, diagnostik va umumiy yondashuvga asoslangan baholash usullaridan foydalana olishi;
ta’lim oluvchilarning о‘quv faoliyatini, bilim va kompetensiyalarini baholashga qaratilgan turli usul va vositalarni tanlay olish;
baholashni ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida tan olish, u orqali о‘quvchilar bilan teskari aloqani о‘rnata bilish;
о‘quvchilar о‘zini baholashi, о‘quvchilar boshqa о‘quvchilarni baholashi va о‘qituvchi tomonidan baholash yondashuvlaridan keng foydalanish;
ta’lim oluvchilarning kompetensiyalarini baholash natijalarini tahlil qilish va ushbu tahlillar asosida pedagogik amaliyotga о‘zgartirishlar kiritish va о‘zining pedagogik faoliyatidagi keyingi qadamlarni belgilash.
12.4. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarning tayyorgarlik darajasiga qо‘yiladigan talablar.
Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlari quyidagilarni bilishi zarur:
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini, ta’lim sohasidagi mamlakat qonunchiligini, shuningdek ta’lim sohasiga doir boshqa qonunlar hamda meyoriy hujjatlarni;
ta’lim sohasida davlat siyosatini va uni amalga oshirishda ishtirok etish;
mamlakatda joriy etilgan ma’muriy, fuqarolik va mehnat huquqlarini, fuqarolik va mehnat kodekslarini bilishi;
pedagogik jarayonni amalga oshirish qonuniyatlarini va ta’limning zamonaviy psixologik-pedagogik nazariyalari va о‘qitish texnologiyalarini;
ta’lim sohasida innovatsion faoliyat asoslarini;
pedagogik texnologiyaning turlari, asosiy yо‘nalishlari va tasnifini;
interfaol ta’lim, uning shakllari, asosiy mezonlarini;
о‘quv-metodik adabiyotlar va didaktik materiallar bilan ta’minlash tizimi va tartibini;
о‘quv mashg‘ulotlarini kuzatish, tahlil qilish;
fanlarni о‘qitish bо‘yicha ilg‘or pedagogik tajribalarni о‘rganish va amalda qо‘llashni;
darslarda interfaol metodlardan foydalanish usullarini;
fanlarni о‘qitishda qо‘llaniladigan axborot texnologiyalarini.
12.5. Quyidagi kо‘nikmalarga ega bо‘lishi lozim:
fanlar bо‘yicha davlat ta’lim talablari va ular asosida tuzilgan о‘quv dasturlariga amal qilish, yangi, takomillashtirilgan davlat ta’lim talablari va modernizatsiya qilingan о‘quv dasturlarini avvalgi dastur va talablardan farqlay olish;
badiiy ta’limning vositalari, mavjud darsliklar, о‘quv qо‘llanmalari, о‘quv-metodik adabiyotlarni tahlil qila olish;
ilg‘or pedagogik tajribalarni aniqlash, о‘rganish va umumlashtirish;
zamonaviy о‘qitishning turli usullarini qо‘llay olish;
iqtidorli о‘quvchilarni aniqlash, saralash va ularga tabaqalashgan ta’lim berish yо‘llari, shakllari va usullarini qо‘llash;
о‘z mutaxassisligi bо‘yicha muammolar, yangliklar, ilmiy izlanishlar, dissertatsiyalar, ilmiy, ilmiy-metodik maqolalar, anjumanlar materiallaridan foydalanish;
ta’lim muassasasida о‘quvchilarni kasbga yо‘llash ishlarining tartibi, maqsad va vazifasi haqida ma’lumotlarni tushuntira olish;
fanlar bо‘yicha darslarni kuzatish va tahlil qilish;
fanlarni о‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, fanlar bо‘yicha yaratilgan elektron darsliklardan foydalana olish.
12.6. Quyidagi malakalarni egallagan bо‘lishi kerak:
Badiiy ta’limni о‘qitishga joriy qilingan texnik-didaktik vositalari, mavjud darsliklar, о‘quv qо‘llanmalari, о‘quv-metodik adabiyotlarni tahlil qila bilish va amalda qо‘llash;
о‘z mutaxassisligi yо‘nalishidagi ilg‘or pedagogik tajribalarini ommalashtirish;
о‘z mutaxassisligi bо‘yicha muammolar, yangliklar, ilmiy izlanishlar, dissertatsiyalar, ilmiy, ilmiy-metodik maqolalar, anjumanlar materiallaridan malaka oshirish ta’limida о‘z о‘rnida foydalanish;
fanlar bо‘yicha darslarni kuzatish va tahlil qilish;
ta’lim jarayonini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan fanlar bо‘yicha yaratilgan elektron darsliklardan foydalana olish.
12.7. Qayta tayyorgarlikdan о‘tganligi haqida berilgan diplom qayta tayyorgarlik amalga oshirilgan kasbiy faoliyat yо‘nalishida ishlash huquqini beradi va u ikkinchi oliy ma’lumotga tenglashtirilmaydi.
13. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning meyoriy hujjatlari
13.1. Badiiy taʼlim yoʻnalishlari)da pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi normativ hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yoʻnalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021 yil 21 iyundagi 385-son qarorlariga, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek, belgilangan tartibda ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan boshqa normativ hujjatlar kiradi.
14. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning sifatini baholash
14.1. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini nazorat qilish quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan ichki nazorat. Ichki nazorat tegishli ta’lim turini boshkarish davlat vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida о‘tkaziladi;
fanlar bо‘yicha attestatsiyadan о‘tkazishni hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish yо‘nalishlari bо‘yicha Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qо‘yilgan davlat ta’lim talablariga muvofiq qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun bitiruv ishini va malaka oshirish tizimi tinglovchilari uchun malakaviy ishni himoya qilishni о‘z ichiga oladigan yakuniy nazorat;
Badiiy akademiya va kadrlar buyurtmachilari, shuningdek, Ta’lim sifati bо‘yicha Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat.
14.2. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bо‘yicha faoliyatni baholash О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga asosan kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarni va ta’lim muassasalarini attestatsiyadan о‘tkazish bо‘yicha vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
15. Yakuniy qoidalar
15.1. Mazkur Davlat ta’lim talabalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15.2. Badiiy taʼlim yoʻnalishlaridagi tinglovchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv yig‘inlari turlarini o‘zgartirish yoki uning faoliyatini tugatish meyoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.